Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


-rasm. Transformatsiyalash koeffitsientlari va ulanish guruxlari bir xil bo‘lgan, transformatorlarning soddalashtirilgan sxemasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə8/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

18-rasm. Transformatsiyalash koeffitsientlari va ulanish guruxlari bir xil bo‘lgan, transformatorlarning soddalashtirilgan sxemasi
Bu xolda qisqa tutashuv kuchlanishi katta trans-formatorlarning quvvati-dan to‘la foydalanilmaydi. Davlat standarti bo‘yicha parallel ishlayotgan trans-formatorlarning qisqa tu-tashuv kuchlanishlarini o‘r-tacha arifmetik yiindi-sidan qisqa tutashuv kuchlanishi 10%dan ortiq farq qilmagan transformatorlarni parallel ishlash uchun ulashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, parallel ishlayotgan transformator-larning quvvatlarini nisbati 3:1 dan kichik bo‘lmasligi kerak. Transformatorlarning quvvatlari ortsa ularning qisqa tutashuv kuchlanishlari xam ortadi.
Bir fazali yuklamalarni uch fazali transformatorlarning faza cho‘lg‘amlari orasida notekis ulanganda bir fazali va ikki fazali qisqa tutashuv rejimlarida transformatorlar nosimmetrik rejimda ishlaydi. Buning natijasida vujudga keladigan transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amini kuchlanishini nosimmetriyasi istemolchilarning normal ishlashiga imkon bermaydi. Masalan, yoritish elementlariga kuchlanishning ko‘payishi ularning ish muddatlarini qisqarishiga va aksincha kuchlanishning pasayishi yorulik kuchini pasayishiga olib keladi. Nosimmetrik kuchlanish elektr yuritmalarining foydali ish koeffitsientlarini pasayishiga sabab bo‘ladi va x.k. Transformatorlarning o‘zlariga xam nosimmetrik ish rejimi salbiy taosir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, transformatorning baozi fazalaridagi kuchlanishning ortib ketishi boshqa fazalarning yuklamasini ortib ketishiga va magnit o‘zaklarining o‘ta to‘yinishiga, magnitlovchi tokning ortib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yuqoridagilarga asosan transformatorlarning nosimmetrik rejimlarini o‘rganish muxim axamiyatga ega deb aytish mumkin ekanligini ko‘ramiz. Nosimmetrik rejimlarni o‘rganish natijalariga asosan transformatorning va isteomolchilarning normal ishlashini taominlash tadbirlarini belgilash mumkin.
Nosimmetrik rejimlarni taxlil qilishda simmetrik tashkil etuvchilar usulidan foydalaniladi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin