Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


To‘rilagich qurilmalari uchun transformatorlar



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə10/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

To‘rilagich qurilmalari uchun transformatorlar


To‘rilagich qurilmalari uchun qo‘llaniladigan trans-formatorlarning o‘ziga xos bir qator xususiyatlari bo‘lib ularni loyixalashda xisobga olish shart. Transformatorni faza cho‘lg‘amlari ulangan to‘rilagich qurilmaning ventillari navbatma-navbat ochilganligi sababli, bu transformatorlar doim nosimmetrik rejimda ishlaydi. Katta quvvatli to‘rilagich qurilmalarida qo‘llaniladigan transformatorlarning cho‘lg‘am-lari olti fazali qilib tayyorlanadi.


Ventilli o‘zgartirgich qurilmalariga qo‘llaniladigan transformatorlarning ikkilamchi cho‘lg‘amiga tokni bir tomonga o‘tkazuvchi ventillar ulanadi. Bunday yuklamalarga ulangan transformatorning ishida o‘ziga xos xususiyatlari paydo bo‘ladi. Transformatorda tarmoqga ulanadigan va ventil cho‘lg‘amlari bo‘ladi, tarmoqqa ulangan cho‘lg‘amlari asosan yulduz yoki uchburchak ko‘rinishda ulanadi. Transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amlarini bir fazali tokni ko‘p fazali tokga aylantirish imkonini beradigan bir, uch va ko‘p fazali cho‘lg‘amlar ko‘rinishida tayyorlanadi. To‘rilagich qurilmalarida qo‘llaniladigan transformatorlarning ikkinchi cho‘lg‘amlari quyidagi ko‘rinishda ulanishi mumkin:
1. Bir fazali nolp nuqtali
2. 3 fazali nolp nuqtali
3. 3 fazali ko‘prikli
4. 6 fazali 60 ga burilgan kuchlanish olishga yordam beradigan
To‘rilangan kuchlanishning pulpsatsiyasini va birlamchi cho‘lg‘amdagi tokning garmonikalarini kamaytirish maqsadida ikkilamchi cho‘lg‘amning fazalar sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘rilagich qurilmalarining transfor-matorlarini nominal quvvati deb birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarining nominal quvvatlarini yarimlarini yiindisiga aytiladi.


Uch cho‘lg‘amli transformatorlar


Uch cho‘lg‘amli transformatorlar xam energetikada keng qo‘llaniladi. Bu transformatorlarning bitta birlamchi va ikkita ikkilamchi cho‘lg‘amlari bor. Uch cho‘lg‘amli transformatorlar xar-xil nominal kuchlanishli uzatish tarmoqlarini elektr energiya bilan taominlash va transformator podstansiyalarida transformatorlarning sonini kamaytirish xisobiga kapital sarflarni kamaytirish maqsadlarida foydalaniladi. Bu trans-formatorni vektor diagrammalari va almashtirish sxemalarini tuzish, ularni ish tavsiflarini taxlil qilish maqsadlarida ikkinchi va uchinchi cho‘lg‘amlarini birinchi cho‘lg‘amga keltiriladi.








Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin