Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


ASINXRON MAShINALARNING ASOSIY TENGLAMALARI



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə18/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

ASINXRON MAShINALARNING ASOSIY TENGLAMALARI
ROTORI QO‘ZG‘ALMAS ASINXRON MAShINALAR ULARNING, ChO‘LG‘AMLARINI VA ISh JARAYoNLARINI KELTIRISh


Reja:
1. Rotori tormozlangan asinxron mashinalar.
2. Rotor cho‘lg‘amini stator cho‘lg‘amiga keltirish.
3.Rotori aylanayotgan asinxron mashinaning ish jarayonini rotori qo‘zg‘almas mashinaning ish jarayoniga keltirish.


Tayanch so‘z iboralari


Uch fazali,faza rotorli, qisqa tutashgan , cho‘lg‘am stator, rotor, magnit oqim, sirpanish, magnitlovchi kuch, eyuk cho‘lg‘amlarni keltirish, keltirilgan cho‘lg‘amlar tok va kuchlanish bo‘yicha keltirish koeffitsientlari, tarqalish induktor qarshiligi, rotor aylanayotgan, chastota, induktivlik, aktiv qarshilik, ekvivalent rejim, siljish burchagi, mexanik quvvat, elektromagnit quvvat, elektr quvvat isroflari, rotordagi mexanik quvvat, qo‘shimcha qarshilikdagi elektr quvvat.


Rotori tomozlangan asinxron mashinalar

Asinxron mashinalarning alohida ish rejimlarini o‘rganishda ularni simmetrik ko‘p fazali mashina deb hisoblab, stator bilan rotor orasidagi o‘zaro induksiya havo bo‘shligidagi magnit oqimning asosiy, ya’ni birinchi garmonikasi ta’siriga bog‘liq deb hisoblaymiz. Stator cho‘lg‘ami birlamchi va rotor cho‘lg‘ami ikkilamchi cho‘lg‘am deb qabul qilamiz. Stator va rotorda uch fazali cho‘lg‘amlar o‘rnatilgan. Birlamchi cho‘lg‘am U1 kuchlanishli uch fazali manbaga ulangan ikkinchi cho‘lg‘am esa qarshilikyuk ga ulangan, bu xolda asinxron mashina transformator rejimida ishlaydi. Simmetrik birlamchi I1 toklar magnitlovchi kuchning asosiy garmonikasini hosil qiladi, uning amplitudasi:


(8.1)
va bitta qutbda birlamchi aylanuvchi magnit oqimini hosil qiladi.
(8.2)
Ikkilamchi rotor cho‘lg‘amida induksiyalangan I2 toklar rotor cho‘lg‘amida xosil qilgan magnitlovchi tokning asosiy garmonikasini amplitudasi:
(8.3)
va magnit oqimini hosil qiladi.
(8.4)

F1 va F2 magnit oqimlar bilan bir xir xil tezlik bilan aylanib, mashinaning umumiy magnit oqimi F ni hosil qiladi. Umumiy magnit oqim transformatorga o‘xshash birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarda Ye1 va Ye2 eyuk larni induksiyalaydi. Rotori tormozlangan asinxron mashinaning ish rejimi, agar stator va rotorning pazlari bir-biriga mos kelmaganligi hisobga olinmaganda, rotorning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi:Rotorning har qanday holatida ham asinxron mashinaning vaqt va fazoviy diagrammalari o‘zgarmasdan qoladi.





Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin