Kuch transformatorlarining cho‘lg‘amlari asosan yulduz-yulduz (Y/Y), uchburchak-uchburchak (/), yulduz-uchburchak (Y/) va jimjimali-yulduz (Z/Y) sxemalarida ulanadi. Cho‘lg‘amlarning ulanish sxemalari transformatorning ish sharoitiga, isteomolchining turiga va xarakteriga xam boliq bo‘ladi. Transformatorlarni ximoyalash sxemalarini ishlashi uchun cho‘lg‘amlar nolp nuqtali sxemada xam ulanishi mumkin. Davlat standarti bo‘yicha uch fazali kuch transformatorlarining fazalarini ketma-ketligi ulanish sxemasi bo‘yicha chapdan o‘ng tomonga o‘qiladi. Uch fazali transformatorlarning yuqori kuchlanishli cho‘lg‘amlarning boshi A V S, va oxiri X Y Z, past kuchlanishli cho‘lg‘amda a, v, s va x, y, z bilan belgilanadi.
Transformatorlar cho‘lg‘amlarining ulanish usullari maxsus xujjatlarda keltirilayotganda avval yuqori kuchlanishli cho‘lg‘ami keyin quyi kuchlanishli cho‘lg‘amning ulanish sxemasi yozilib ular orasiga qiya chiziq chiziladi. Agar biror cho‘lg‘amning undan chiqarilgan neytral simi mavjud bo‘lsa, u xolda mazkur cho‘lg‘amning belgisiga «0» qo‘shimcha belgi indeks ko‘rinishida qo‘yiladi. Shu tariqa Y0/ belgisi quyidagicha o‘qiladi: yuqori kuchlanish cho‘lg‘ami yulduzcha ulangan va neytral sim chiqarilgan, quyi kuchlanish cho‘lg‘ami uchburchak sxema bo‘yicha ulangan.
Cho‘lg‘amlarni Z/Y, Z/ va Z/Z sxemada ulash usullari bizning davlatimizdagi kuch transformatorlarda keng qo‘llanilmaydi. Avtomatik boshqarish tizimlarining va baozi kichik nostandart avtonom elektr tizimlarining transformatorlarini xisobga olgan xolda cho‘lg‘amlarni ulashda asosan amalda quyidagi ulash usullari ko‘proq uchrashi mumkin: Y/Y0 yoki Y/Y; Y/; Y/Z yoki Y/Z0 ; /Y; / yoki /Z0.
Yuqorida keltirilgan sxemalar bo‘yicha ulangan transformatorlarning ikkita cho‘lg‘amidan birining boshi va oxiri ikkinchisiga nisbatan almashtirilsa, masalan, ikkinchisiga nisbatan birinchi cho‘lg‘am teskari o‘ralgan bo‘lsa, u xolda uch fazali transformator cho‘lg‘amlarini o‘n ikki xil ulanish turlarini ko‘rish mumkin. Ba’zi chet el korxonalarining ishlab chiqargan elektrotexnik maxsulotlari tarkibidagi mavjud transformatorlarda ulash turlarining xammasini uchratish mumkin.
Uch fazali transformatorlarning cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari 1-jadvalda keltirilgan, 2-jadvalda esa transformatorning kuchlanishiga va quvvatiga asosan cho‘lg‘amlarning ulanish sxemalarini tanlash shkalasi ko‘rsatilgan.
1- jadval
Ulanish sxemalari
|
Vektor diagrammalari
|
Shartli
belgilanishi
|
Yuqori kuchlanish
|
Quyi kuchlanish
|
Yuqori kuchlanish
|
Quyi kuchlanish
|
|
0
|
|
|
Y/Y0 –12
|
|
|
|
|
Y/–11
|
0
|
|
|
|
Y0/–11
|
2-jadval
Cho‘lg‘am ulanish sxemasining belgilanishi.
|
Cho‘lg‘amlarning kuchlanishlari
|
Transformatorni quvvati
KVA.
|
YuQORI KUChLANISh, (kV)
|
QUYI KUChLANISh (V)
|
Y/Y0-0
|
35 dan
katta bo‘lmagan
|
400
|
1800 dan katta bo‘lmagan
|
Y/-11
|
35 dan
katta bo‘lmagan
|
400
dan yuqori
|
5600 gacha
|
Y0/-11
|
110
va undan yuqori
|
3150
va undan yuqori
|
3200 va
undan yuqori
|
6,3
va undan yuqori
|
3300
va undan yuqori
|
7500 va
undan yuqori
|
Dostları ilə paylaş: |