Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Transformatorlarni parallel ishga ulash



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə5/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

Transformatorlarni parallel ishga ulash


Pasaytiruvchi va kuchaytiruvchi podstansiyalarda podstansiyaning quvvatiga asosan ikkita va undan ko‘proq transformatorlarni parallel ishlashga ulanadi. Transformatorlarni parallel ishga ulash maqsadi generatorlarnikiga o‘xshash bo‘ladi:


a) transformatorlardagi avariya xolatlari va taomirlash davrida isteomolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taominlash;
b) yuklamalar kamayganda transformatorlarning sonini kamaytirish xisobiga energiya sarfini kamaytirishga, f.i.k. larni oshirishga va ularning optimal ishlashlariga erishish.
Parallel ishlayotgan transformatorlar uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida parallel ishga ulangan transformatorlar o‘rtasida yuklamani ularning nominal quvvatlariga proporsional ravishda taqsimlanishini taominlash kerak. Podstansiyaning yuklamasini transformatorlar o‘rtasida bunday taqsimlanishini taominlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
1.Transformatorlarni cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari va guruxlari bir xil bo‘lishi;
2.Transformatorlarni birlamchi va ikkilamchi nominal kuchlanishlari teng bo‘lishlari, yaoni transformatsiyalash koeffitsientlari teng bo‘lishi;
3.Transformatorlarning qisqa tutashuv kuchlanishlari teng bo‘lishi, yaoni qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari o‘zaro teng bo‘lishlari.
Agar birinchi ikkita shartga rioya qilinsa, salt ishlash rejimlarida parallel ishlashga ulangan transformatorlarning o‘xshash fazalaridagi ikkilamchi kuchlanishlari teng va fazalari bir xil bo‘ladi. Shuning uchun bunday transformatorlarni ikkilamchi cho‘lg‘amlari manbaga ulanganda xech qanday qo‘shimcha toklar xosil bo‘lmaydi. Aks xolda ularning salt ishlash rejimlarida xam muvozanatlashtiruvchi toklar xosil bo‘ladi. Bu muvozanatlashtiruvchi toklar parallel ishlayotgan trans-formatorlarni ikkilamchi cho‘lg‘amlari xosil kilgan berk kontur ichida oqib o‘tadi va birlamchi cho‘lg‘amga transformatsiyalanadi. Muvozanatlashtiruvchi toklar yuklama tokiga qo‘shilib, transformatorlar o‘rtasida yuklamani notekis taqsimlanishiga, isroflarni ortishiga va transformatorlarni qizishiga olib keladi. Uchinchi shartning bajarilishi parallel ishlayotgan transformatorlar o‘rtasida yuklamani ularning nominal quvvatlariga nisbatan proporsional taqsimlanishini taominlaydi.
Transformatorlarni birinchi marta parallel ishlashga ulanayotganda "Fazirovka"ni yaoni tarmoq bilan trans-formatorning fazalarini mos ekanligini tekshirish kerak.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin