Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


-rasm. Bir fazali transformatorning ulanish guruxi va sxemasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə4/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

4-rasm. Bir fazali transformatorning ulanish guruxi va sxemasi

Cho‘lg‘amlari o‘ng tomonga o‘ralgan bir fazali transformator 4,a- rasmda ko‘rsatilgan. Transformatorning ikkala cho‘lg‘amlarining boshlari A, a yuqorida, oxirlari x, x. esa, pastda belgilangan. Agar elektr yurituvchi kuch vektori cho‘lg‘amning oxiridan boshiga tomon yo‘nalgan bo‘lsa, musbat ishorali deb qabul qilamiz. Ikkala cho‘lg‘amni xam bir xil magnit oqim kuch chiziqlari kesib o‘tadi, shuning uchun ikkala cho‘lg‘amning elektr yurituvchi kuchlari ketlaridan boshlariga yaoni bir xil tomonga yo‘naladi, ular bir vaqtda musbat yoki manfiy yo‘nalgan bo‘lishlari mumkin. Agar yuqori kuchlanish va quyi kuchlanish cho‘lg‘amlarning elektr yurituvchi kuch vektorlarini soat millari bo‘yicha yo‘naltirsak, bu vektorlar vertikal yuqoriga yo‘naladi, vektorlar orasidagi burchak 0 ga teng bo‘ladi. Bu xolda bir fazali transformatorlarning cho‘lg‘amlari I/I–0 guruxda ulangan bo‘ladi. Agar biror cho‘lg‘amning boshi va oxirini o‘rinlari almashtirilsa, u xolda shu cho‘lg‘amning elektr yurituvchi kuchi o‘z yo‘nalishini qarama- qarshi tomonga, yaoni 180o ga o‘zgartiradi va yuqori kuchlanishli cho‘lg‘amning elektr yurituvchi kuchi YeA bilan quyi kuchlanishli cho‘lg‘am elektr yurituvchi kuchi Yea vektorlari orasidagi burchak 180o ga teng bo‘lib, transformatorning cho‘lg‘amlari I/I - 6 guruxda ulangan bo‘ladi.


Uch fazali transformatorlarning ulanish guruxlari xam shu usulda aniqlanishi mumkin. Faraz qilaylik uch fazali transformatorning yuqori kuchlanishli va quyi kuchlanishli cho‘lg‘amlari yulduz-yulduz (Y/Y) sxemada ulangan bo‘lsin. Shuning bilan birga: 1) cho‘lg‘amlar bir xil tomonga o‘ralgan masalan, «o‘ng» tomonga; 2) cho‘lg‘amlarning boshlari va oxirlari bir xil joylashgan; 3) bir xil nomlangan cho‘lg‘amlar (masalan, A va a shuningdek V va v, S va s) bitta umumiy ustunga o‘rnatilgan.

5-rasm. Cho‘lg‘amlari Y/Y- 0 sxema va guruxda ulangan
transformator

U xolda faza elektr yurituvchi kuchlarining yulduzi va tarmoq elektr yurituvchi kuchlarining uchburchagi 5-rasmda ko‘rsatilganga o‘xshash bo‘ladi. Bir xil nomlangan tarmoq elektr yurituvchi kuchlarining vektorlari, masalan, YeAV va Yeav faza bo‘yicha mos yaoni bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu vektorlarni soat siferblatiga joylashtirsak, ikkalasi xam vertikal yaoni yuqoriga yo‘nalgan bo‘lib, 12 ni ko‘rsatadi. Bu xolda transformatorning ulanish guruxi 0 (12) inchi guruxini tashkil etadi va cho‘lg‘amlar Y/Y- 0 sxemada va guruxda ulangan deb belgilanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin