Transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni manbaga ulash
Transformatorsozlik zavodlarida ishlab chiqarilayotgan transformatorlar Davlat standartlarida ko‘rsatilgan talablarga javob berishi shart:
Davlat standartlarida transformatorlarni ishlab chiqarishda va foydalanishda ko‘rsatiladigan asosiy talablar keltirilgan, bu talablar transformatorning quvvatini kuch-lanishining ortishi bilan o‘zgarib borishini ko‘rsatadi.
Davlat standartida shuningdek transformatorlarni sinashda qo‘yiladigan asosiy talablar xam ko‘rsatilgan.
Transformatorlarni cho‘lg‘amlarini tekshirishda qo‘yila-digan talablar va transformatorni yuklanish imkoniyatlarini aniqlash tartibi Davlat standartida ko‘rsatilgan.
Transformatorlarni manbaga ulash uchun kerakli ulash va ximoyalash apparatlari tanlanadi. Bu elementlarni tanlashda transformatorlarni qanday rejimda manbaga ulanishini va ish rejimini xisobga olinadi. Ulanish toklari ortib ketgan xolatda releli ximoya sxemalari uni manbadan ajratib qo‘ymasligi kabi masalalarni xisobga olinishi shart. Tanlangan apparatlar albatta transformatorlarda to‘satdan bo‘lib o‘tadigan qisqa tutashuv rejimlarida xosil bo‘ladigan qisqa tutashuv tokining zarbdor qiymatini xisobga olgan xolda sozlangan bo‘lishlari shart.
O‘ZGARUVChAN TOK MAShINALARI. ASINXRON MAShINALARNING TUZILIShI VA IShLASh PRINSIPI
Reja 1. O‘zgaruvchan tok mashinalarining qo‘llanishi.
2. Asinxron mashinaning tuzilishi
3. O‘zgaruvchan tok cho‘lg‘ami hosil qilgan aylanuvchi magnit maydoni.
4. Asinxron mashinaning ishlash prinsipi va ish rejimlari
Korxonalar o‘zgaruvchan tok, qurilmalar, asinxron, sinxron, kollektorli magnit oqim, chastota, pylanish tezligi, transformator, ishlab chiqarish mexanizmi, uzatish liniyalari, staor, rotor, cho‘lg‘am, xavo bo‘shlig‘i, qutb bo‘linmasi, induktivlik, aktiv qarshilik.