29-rasm. Reaktiv katushkali payvandlash
transformatorlari
Ishlab chiqarish korxonalarida cho‘lg‘amlarining induktivligi magnit o‘zakning ustki to‘sin bilan ustunlari orasidagi xavo bo‘shliining kattaligiga boliq ravishda o‘zgaruvchan reaktiv katushkali payvandlash transformatorlari (29-rasm) keng qo‘llaniladi. Yakka tartibda payvandlash uchun quvvati 30 kVA gacha va avtomatik payvandlash uchun quvvati 100 kVA va undan katta bo‘lgan payvandlash transformatorlari qo‘llaniladi.
Tok va kuchlanish transformatorlari asosan elektr o‘lchov asboblarini va rele ximoyasi elementlarini yuqori kuchlanishli tarmoqdan ajratish, yuqori kuchlanishli tarmoqdagi tok va kuchlanishni standart o‘lchov asboblari yordamida o‘lchash uchun tokni 1-5A ga, kuchlanishni esa 100V gacha pasaytirish uchun xizmat qiladi. Tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amini quvvati 5100 VA gacha va kuchlanish transformatorlari esa, 251000 VA gacha tayyorlanadi. Tok transformatorlarining birlamchi cho‘lg‘ami isteomolchi bilan ketma-ket ulanadi, ikkilamchi cho‘lg‘ami esa o‘lchov asboblariga yoki elektrotexnologik qurilmalarini ximoya qilish asboblariga ulanadi. Tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga ulangan asboblarning ichki qarshiliklari kichik bo‘lishi kerak, shuning uchun tok transformatorlari asosan qisqa tutashuv rejimida ishlaydi. Tok transformatori ishlayotganda magnit tizimidagi magnit oqimi juda oz bo‘lib, magnit tizimi to‘yinmagan rejimda bo‘ladi. Tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amini ochiq xolda birlamchi cho‘lg‘amini manbaga ulash, ularning ish muddatini qisqarishiga olib keladi. Chunki, ikkilamchi cho‘lg‘amdagi tokning magnitsizlantiruvchi taosiri yo‘qolib, magnit o‘zakdagi magnit oqim kuchayib ketadi, natijada ikkilamchi cho‘lg‘amda ximoyalash materiali uchun xavfli bo‘lgan kattalikdagi elektr yurituvchi kuch induksiyalanib, cho‘lg‘amning ximoyalash materiallarini ishdan chiqarishi mumkin. Tok transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0; 3;10 aniqlik klasslarida tayyorlanadi. Kuchlanish transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0 va 3 klasslarda va xar-xil konstruksiyalarda tayyorlanadi. Kuchlanish transformatorining elektr sxemasi kuch transformatorlarinikiga o‘xshash bo‘ladi. Tok transfor-matorining elektr sxemasi 30-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |