Rotori aylanayotagan asinxron mashinaning ish jarayonini rotori qo‘zg‘almas mashinaning ish jarayoniga keltirish
Rotori tormozlangan asinxron mashinalarda birlamchi zanjirning manbadan qabul qilayotgan elektr energiyasining quvvat sarflaridan qolgan qismi ikkinchi zanjirda elektr energiyaga aylanadi. Rotori aylanayotgan asinxron mashinaning ish rejimi ancha murakkab, chunki bu rejimda birlamchi va ikkilamchi toklarning chastotalari teng bo‘lmaydi. Shu sabablarga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning kattaliklarni bitta diagrammada ko‘rsatish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun rotori aylanayotgan asinxron mashinani energetik va elektromagnit jarayonlariga nisbatan ekvivalent bo‘lgan rotori tormozlangan asinxron mashinaga keltiriladi. Chunki. rotorning xar qanday ish rejimida ham asinxron mashinaning fazoviy vektor diagrammasi bir xilda qoladi, ya’ni toklarning kattaliklari va chulg‘amlarni magnitlovchi kuchlari, ularning faza bo‘yicha siljish burchaklari o‘zgarmasdan qoladi. Asinxron mashinaning natijaviy magnitlovchi kuchlari va magnit oqimlari, magnit maydon energiyasi statordagi magnit va elektrik quvvat sarflanadi, tarmoqdan qabul qilinilyotgan birlamchi quvvat, magnit oqim yordamida statordan rotorga uzatilyotgan elektromagnit quvvat sarflari va x.k. o‘zgarmasdan qoladi. Rotori qo‘zg‘almas asinxron mashinaning rotori aylanayotgan asinxron mashinadan birdan bir farqi shundaki, unda mexanik energiya elektr energiyaga yoki elektr energiya mexanik energiyaga o‘zgartirilmaydi
Rotori qo‘zg‘almas asinxron mashinalarda S=1 va f2=f1 da rotor cho‘lg‘amidagi e.yu.k. ni Ye2 bilan rotori sirpanish bilan aylanayotganda hosil bo‘lgan e.yu.k. Ye2s va f2=sf1 bilan ifodalaymiz. U xolda
E2 = f1 W2 Kch2 F (8.14)
E2s = f1 W2 Kch2 F
bundan
E2s=sE2 (8.15)
Ikkilamchi zanjirdagi tokning chastotasi sirpanishga proporsional shuning uchun rotor zanjirining aktiv r2 tarqalish va induktiv qarshiligi chastotaga bog‘liq bo‘ladi, lekin yuza effektiga bog‘liq bo‘lgan r2 va L2 ni o‘zgarmas deb qabul qilamiz, u xolda ikkilamchi zanjirning tarqalish induktiv qarshiligi:
bu yerda quzg‘almas rotor cho‘lg‘amini tarqalish induktiv qarshiligi.
Rotori qo‘zg‘almas va aylanayotgan rotorli asinxron mashinaning to‘la qarshiliklari:
Z2=r2+j Z2s=r2+js (8.16)
yuqoridagi (11) va (12) lardan xar qanday sirpanish bilan aylanayotgan rotorning cho‘lg‘amidagi tok:
(8.17)
Tenglamaning (13) chap tomoni rotorning aylanayotganikkilamchi tokning kompleksi bo‘lib asinxron mashina ekvivalent qo‘zg‘almas rotorli rejimga keltirilganda cho‘lg‘ami orqali oqib o‘tayotgan tok o‘zgarmasdan qoladi. Tenglamaning o‘ng tomonini suratida qo‘zg‘almas rotordagi ikkila mchi e.yu.k. E2. Shuning uchun tenglamaning o‘ng tomonini maxraji rotorni qo‘zg‘almas xolatga keltirilganda rotor cho‘lg‘amidagi tok I2 ning kattaligini va fazasini o‘zgarmas- ligini ta’minlash uchun rotor zanjirining qarshiligi:
(8.18)
ekvivalent qarshilikka teng bo‘lishi kerak.
Bu shartlar bajarilganda tokning kattaligi faza bo‘yicha siljish burchagi 2 o‘zgarmasdan qoladi.
2 =arctg (8.19)
Yuqoridagi (13) tenglama aylanayotgan rotordan qo‘zg‘almas rotorga o‘tilganda rotor cho‘lg‘amining e.yu.k. si va induktivligi qo‘zg‘almas rotorning cho‘lg‘amini e.yu.k. va induktivliklariga teng bo‘lib, aktiv qarshiligi r2 ning o‘rniga ikkilamchi zanjirning qarshiligi r2q ga kattalashishi kerak:
r2q= - r2 = (8.20)
Statordan rotorga va yoki rotordan statorga magnit maydon yordamida uzatilyotgan elektromagnit quvvat o‘zgarmasdan qoladi. Elektr quvvat isroflari ham o‘zgarmaydi:
Rel2 =m2I22 r2 (8.21)
Aylanayotgan rotorli real asinxron mashinalarda elektromagnit quvvat Rem bilan elektr sarflari orasidagi farq mexanik quvvatga aylanadi.
Rmx=Rem-Rel2 (8.22)
Ekvivalent rejimda ya’ni rotori qo‘zgalmas rejimda mexanik quvvat nolga teng, chunki rotor qo‘zg‘almas xolda, lekin qo‘shimcha qarshilikda r2q elektr quvvat sarflari sodir bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki bu quvvat aylanayotgan rotorli asinxron mashinada mexanik quvvatga teng.
Rmx = m2I22 r2q= m2I22 (8.23)
Shunday qilib, rotori qo‘zg‘almas asinxron mashinaning uchta fazasidagi r2q lardagi quvvat aylanayotgan rotorli asinxron mashinaning validagi mexanik quvvatga teng bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |