Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Расм-1.1 Ротор чўлғамидаги



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə17/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

Расм-1.1 Ротор чўлғамидаги токлар ва стерженларга таъсир этаётган кучларнинг йўналиши
bir-biridan burchakka siljigan bo‘ladi.

Mashinada umumiy magnit oqim mavjud bo‘lganligi


sababli, stator va rotor cho‘lg‘amlarida shu magnit

oqim induksiyalagan EYuKlarni hisobga olish mumkin. Rotorning cho‘lg‘amlaridagi toklarning magnit oqim bilan o‘zaro ta’siri natijasida rotorning o‘tkazgichlariga ta’sir etadigan mexanik G‘ quchlar va aylantiruvchi elektromagnit moment M hosil bo‘ladi. 1.1- rasmning ustki qismida V1 tezlik bilan aylanayotgan magnit maydon V ning yo‘nalishi va EYuK ye2 ning ham yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Pastki rasmlarda esa EYuK ye2 bilan tok i2 orasidagi siljish burchagi 2 =0 va 2 =900 bo‘lganda sterjenlardagi tok i2 bilan va bu sterjenlarga ta’sir etayotgan kuch G‘ ning yo‘nalishi ko‘rsatilgan. 2 =0 da bu kuchlar magnit maydon yo‘nalgan tomonga yo‘nalgan, shuning uchun aylantiruvchi moment ya’ni 0 ga teng bo‘lmasdan magnit oqim yo‘nalishi bo‘icha yo‘nalgan bo‘ladi. 2 =900 da esa mexanik kuchlar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lib moment M=0 bo‘ladi. Bundan aylantiruvchi momentni faqat tokning aktiv tashkil etuvchisi hosil qilar ekan deb xulosa chiqarish mumkin.
I2a=I2 cos2
Bu xulosa umumiy bo‘lib barcha o‘zgaruvchan tok mashinalarga taa’luqli bo‘lib, asinxron motorning rotor zanjiri ma’lum qarshilikka ega bo‘lganligi sababli motorni ishga tushirishda n=0 0< <900. Shuning uchun M>0. Agar M >Mst bo‘lsa, rotor n1 tezlik bilan asta-sekin aylana boshlaydi. Magnit maydon tezligi bilan rotor tezligi orasidagi farq sirpanish deb ataladi.

sirpanish orqali aniqlangan rotor tezligi
n=n1(1-s) (6-1)
Rotor magnit maydon yo‘nalishi bo‘yicha aylanganda rotorning o‘tkazgichlarini maydon kuch chiziqlari bilan kesishish chastotasi tezliklarning farqiga proporsianal bo‘ladi. Rotor cho‘lg‘amidagi tokning chastotasi
f2 =p(n1-n) (6.2)
(6.1) dan n ning qiymatini qo‘yib so‘ngra p1 ning qiymati hisobga olinganda tokning chastotasi
f2 =sPn1=sf1 (6.3)

Ya’ni ikkilamchi chastota sirpanishga prporsional tokning chastotasi f 21 bo‘lganda rotorning magnit oqimini aylanish tezligi p2 p1 dan kichik bo‘ladi, (3)ga asosan


n2= (6.4)
(6.1) va (6.4) ifodalardan rotor magnit maydoni statorga nisbatan tezligi:
n2c=n+n2=(1-S)n1+sn1=n1 (6.5)
ya’ni rotorning magnit maydonini statorga nisbatan aylanish tezligi rotorning ixtiyoriy aylanish tezliklarida statorning magnit maydonini aylanish tezligiga teng bo‘ladi. Shuning uchun rotor aylanayotganda stator va rotorning magnit maydonlari bir xil tezlik bilan, ya’ni sinxron aylanib mashinaning umumiy magnit maydonini hosil qilishadi. Motor rejimida 0 bo‘ladi.
Agar asinxron mashinaning rotorini tashqaridan moment yordamida magnit maydon yo‘nalishi bo‘yicha sinxron tezlikdan katta tezlik (01) bilan aylantirilganda rotor magnit maydonni quvib o‘tadi va rotorning cho‘lg‘amida induksiyalangan toklarning yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi. Bunda elektromagnit quchlar F va elektromagnit moment M ning ham yo‘nalishlari teskari tomonga o‘zgaradi. Moment M tormozlovchi xrakterda bo‘lib mashina generator rejimida ishlaydi sirpanish S<0 n>n1 bo‘ladi.
Agar rotorni magnit maydonning aylanish yo‘nalishiga teskari tomonga aylantirilsa e.yu.k. ye2 , va i2 va F larning yo‘nalishlari o‘zgarmay qoladi. Elektromagnit moment M maydon aylanish yo‘nalishi tomonga aylanib rotorni tormozlaydi. Asinxron mashinaning bu rejimi teskari ulash yoki elektromagnit tormozlanish deb ataladi



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin