Transformatorlarning cho‘lg‘amlarini ulanish guruxlarini bir xil bo‘lish sharti
Faraz qilaylik, cho‘lg‘amlarining ulanish guruxlari Y/ - 11 va Y/Y-0 bo‘lgan ikkita transformator paralel ishlashga ulangan bo‘lsin. Ularning transformatsiyalash koeffitsientlari va qisqa tutashuv kuchlanishlari teng. U xolda bu transformatorlarning ikkilamchi cho‘lg‘amlaridagi elektr yurituvchi kuchlari Ye2 = Ye2 kattalik jixatdan teng bo‘lib faza jixatdan 300 ga farq qiladi (17-rasm). Ikkilamchi cho‘lg‘amlarning berk konturlarida elektr yurituvchi kuchlarning farqi xosil bo‘ladi. Vektor diagrammadan:
E= 2E2 sin15 (3-25)
Elektr yurituvchi kuchlar farqi E taosirida muvozanatlashtiruvchi tok xosil bo‘ladi. Muvozanatlashtiruvchi toklar fakat transformatorlarning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarida oqadi, toklarning kattaligi shu cho‘lg‘amlarning to‘la qarshiligi bilan yaoni transformatorlarning qisqa tutashuv qarshiliklari bilan chegaralanadi.
(3-26)
Misol uchun, parallel ishlayotgan transformatorlarning quvvatlari teng bo‘lib, ZK1=ZKII=UK1=UKII= 0.05 bo‘lsa, u xolda muvozanatlashtiruvchi toklarning kattaligi rasmda kel-tirilgan vektor diagrammadan:
17-rasm. Ulanish sxemasi va ulanish guruxi bir xil bo‘lmagan transformatorlarni parallel ishga ulanganda xosil bo‘lgan muvozanatlashtiruvchi toklar
yaoni bu xolda muvozanatlashtiruvchi tok nominal tokga nisbatan 5.18 marta katta bo‘ladi. Tokning bunday qiymati qisqa tutashuv tokiga teng bo‘ladi.
Shunday qilib, yuqori-dagilarga asosan ulanish gurux-lari xar-xil bo‘lgan transfor-matorlarni parallel ishlashga ulashga ruxsat berilmaydi. Lekin cho‘lg‘amlarining boshi va oxirlarini belgilanishini, o‘ralish yo‘nalishini o‘zgarti-rib, ulanish guruxlari xar-xil bo‘lgan transformatorlarni elektr yurituvchi kuchlarini fa-zalarini mos bo‘lishiga erishish mumkin. Buni biz xar bir konkret misolda kuchlanishlar vektor diagrammasini qurish va ularni taxlili asosida tekshirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |