Laboratoriya ish №19 Mavzu: Demultipleksorni tadqiq etish Ishning maqsadi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/2
tarix16.12.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#75284
  1   2
19-24 lab


Laboratoriya ish № 19
Mavzu: Demultipleksorni tadqiq etish
Ishning maqsadi: Multipleksorlarning ishlash prinsipi, ularning prinsipial sxemasi, sxematik belgilanishini o’rganish


Demultipleksorlar. Demultipleksor bir kanaldan qabul qilingan ma’lumotlarni bir necha qabul qilgichlarga taqsimlash vazifasini, ya’ni multipleksiyalashga teskari bo‘lgan amalni bajaradi. Qabul qilgich raqami (aktivlashtirilgan chiqish) uning boshqaruv kirishlariga berilgan kod kombinatsiyasi bilan aniqlanadi. Demultipleksor umuman olganda bitta ma’lumot kirishi, n – ta adres kirishi va M=2n chiqishga ega. Misol tariqasida “1 dan 4 ga” demultipleksorining tuzilish uslubini ko‘rib chiqamiz (S0, S1 ikkita adres chiqishi va Q0  Q3 to‘rtta chiqish). Ko‘rinib turibdiki, agar ma’lumot M chiqish liniyalaridan biriga yo‘nalgan bo‘lsa, u holda qolgan chiqish liniyalarida mantiqiy nol ushlab turiladi. “1 dan 4 ga” demultipleksorining haqiqiylik jadvali 13.1-jadvalda keltirilgan.
19.1-jadval “1 dan 4 ga” demultipleksorining haqiqiylik jadvali

Mazkur jadvalga quyidagi MAF tizimi mos keladi:

Chiqish liniyalarini ko‘paytirish talab etilganda, mos ravishda “1 dan 4 ga” demultipleksor mikrosxemalaridan kerakli miqdori olinib, demultipleksor daraxti tuziladi. Bunday daraxt tuzilmasi multipleksor daraxtiga ko‘zgudagi aks kabi mos keladi. Buning uchun ruxsat berish kirishlari xizmat qiladi




Laboratoriya ish№ 20-21
Mavzu: Arifmetik-mantiqiy qurilmalarni tadqiq etish.
Ishdan maqsad: Arifmetik-mantiqiy qurilmalar haqida tushunchalarga ega bo’lish.
Nazariy qism.
Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) deb ataladi.
Sodda amallar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalangan masalalarni avtomatik ravishda echish uchun, berilganlarni, oraliq va olingan hisoblash natijalarini saqlashga, hamda oddiy amallarni bajarish tartibi haqidagi mahlumotlarni saqlashga imkon beruvchi qurilma talab etiladi. Bunday qurilma xotira deb ataladi.
Barcha turdagi AMQlar uchun ayiruv, mantiqiy ko‘paytiruv, mantiqiy qo‘shuv, istisnoli YOKI, inversiya, o‘ngga siljish, chapga siljish, musbat orttirma (inkriment), manfiy orttirma (dekrement) arifmetik amallarini bajarish majburiy hisoblanadi. Majburiy amallar apparat vositalari yordamida amalga oshiriladi, yaxni talab etilgan ishni bajarish uchun mahlumotlar mahlum mikrosxemalardan o‘tishi kerak. Majburiy amallar sodda amallar deb ataladi. AMQlar arifmetik ko‘paytiruv va bo‘luv kabi nisbatan murakkab amallarni bajarmaydi. SHuning uchun bu amallar sodda amalllarning dasturiy kombinatsiyasi yordamida bajariladi. Bu usul amallarni bajarishning mikrodasturiy usuli deb ataladi. AMQlar EHMning asosiy tugunlaridan hisoblanadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin