Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Transformatorning cho‘lg‘amlarini ulanish guruxlari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə3/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me



Transformatorning cho‘lg‘amlarini ulanish guruxlari


Transformatorlardan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, cho‘lg‘amlarni ulash sxemalaridan tashqari yuqori kuchlanish va quyi kuchlanish cho‘lg‘amlaridagi liniya elektr yurituvchi kuchlarning o‘zaro yo‘nalishlari to‘risida xam maolumot bo‘lishi kerak. Elektr yurituvchi kuchlarning yo‘nalishlarini xisobga olish uchun ulanish guruxlari degan tushuncha kiritiladi.


Ulanish guruxlari transformator cho‘lg‘amlarining:
1) o‘ralish yo‘nalishiga;
2) boshi va oxirlarini belgilanishiga;
3) ulanish sxemasiga boliq.
Transformatorning yuqori kuchlanish va quyi kuchlanish cho‘lg‘amlarini bir xil belgilangan uchlaridagi tarmoq elektr yurituvchi kuch vektorlari orasidagi burchak graduslarda o‘lchanib, ulanish guruxi aniqlanadi. Vektorlar orasida burilish burchagini aniqlash uchun yuqori kuchlanishli cho‘lg‘am elektr yurituvchi kuch vektoridan boshlab soat siferblati bo‘yicha quyi kuchlanish vektori tomon xarakatlanib Qosil bo‘lgan burchak o‘lchanadi.
Cho‘lg‘amlari Y/Y va / sxemalar bo‘yicha ulangan transfor-matorlarning ulanish guruxlari juft (0,2,4,6,8,10) va Y/, /Y sxemada ulanganda toq (1,3,5,7,9,11) guruxlarni xosil qiladi. Bir fazali transformatorlarning cho‘lg‘amlari 0 va 6 guruxlarda ulanadi.
Cho‘lg‘amlarning ulanish guruxlarini aniqlashda soat siferblatining millaridan foydalanish qulay, chunki ulardagi o‘n ikkita raqamlarning xar biri orasidagi burchak 300 ni tashkil etadi.
Ulanish guruxlarining soat millari yordamida aniqlash uchun yuqori kuchlanish cho‘lg‘amining tarmoq elektr yurituvchi kuch vektorini minut strelkasi deb qabul qilib, soat siferblatning 12 raqamiga yo‘naltiriladi, quyi kuchlanish cho‘lg‘amining tarmoq elektr yurituvchi kuch vektorini esa, soat strelkasi deb qabul qilib tegishli burchak ostida joylashtiriladi. Shu vektor qarshisidagi raqam ulanish guruxini ko‘rsatadi. Misol tariqasida bir fazali transformatorning ulanish guruxini aniqlash usulini ko‘ramiz (4-rasm).





Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin