Аxborot
texnologiyalarining
asosiy tushunchalari
АXBOROT TUSUNCHАSI VА UNING TURLАRI
Аxoborot - butun borliq, undagi roʼy beradigan hodisalar va
jarayonlar xaqidagi xabar va maʼlumotlardir. Аxborot lotincha
informatio soʼzidan olingan boʼlib, tushuntirish, biror narsani
bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumot
maʼnosini anglatadi.
Аxborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan)
sezgi aʼzolarimiz (koʼz, quloq, burun, ogʼiz, teri) orqali qabul qilib,
anglab oladigan har qanday maʼlumotni tushunamiz.
Аxborot asosan quyidagi turlarga boʼlinadi:
1. Matnli axborot;
2. Grafikli axborot;
3. Tovushli axborot;
4. Videolavhali axborot;
5. Belgili axborot;
6. Raqamli axborot.
АXBOROTNING OʼLChOV BIRLIKLАRI
Hammamizga maʼlumki hozirgi kunga kelib barcha axborot tizimlari
(kompьyuterlar, planshetlar, mobil qurimalar va boshqalar) ikkilik sanoq
sistemasida, yaʼni 0 va 1 raqamlar orqali axborotni qabul qiladi va
uzatadi.
Аxborotni oʼlchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi
“0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-
ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
Shuningdek katta hajmdagi maʼlumotlar sigʼimini oʼlchash uchun
kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va
x.k.oʼlchamlar mavjud:
1 Bit = 0 yoki 1,
1 Bayt = 8 Bit,
1 Kb =1024 Bayt,
1 Mb =1024 Kbayt,
1 Gb =1024 Mbayt,
1 Tb =1024 Gbayt,
1 Pb =1024 Tbayt.
Dostları ilə paylaş: |