8-sinf Fizika Sana:“A” 2023 y. Darsning mavzusi: Iste’molchilarni parallel ulash. Darsning maqsadi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/2
tarix08.05.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#109322
  1   2
Sinf 8-sinf Mavzu Iste\'molchilarni parallel ulash-fayllar.org


8-sinf Fizika
Sana:“A”«__»________ 2023 y.
Darsning mavzusi: Iste’molchilarni parallel ulash.
Darsning maqsadi:

  • Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga iste’molchilarni parallel ulash xaqida ma’lumot berish.

  • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini uyg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish.

II.Dars turi: Ma’ruza.
III.Dars jixozi: Proyektor, kompyuter, ko’rgazmali qurollar.
IV. Darsning xronologik tuzilishi:



Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10

3

Yangi mavzuni tushuntirish

15

4

Darsni mustaxkamlash

10

5

O’quvchilarni baxolash

5

6

Uyga vazifa.

2


Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yo’qlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Xonadonda barcha elektr asboblari: lampochkalar, televizor, muzlatgich va boshqalar bir vaqtda elektr tarmog’iga ulangan bo’ladi. Agar ular bir-biriga ketma-ket ulanganda edi, kuchlanish ular orasida taqsimlangan bo’lardi. Bu holda lampochkalar juda xira yonardi, televizorning ko’rsatishiga, muzlatgichning sovitishiga kuchlanish yetish- mas edi. Undan tashqari, ketma-ket ulangan iste’molchilardan biri o’chirilsa, boshqalari ham o’chardi. Shu­ning uchun xonadonda barcha elektr iste’molchilar, odatda, bir-biriga paral­lel qilib ulanadi.



Ikkita lampochka o’zaro parallel ulangan 67 - rasmdagi elektr zanjirni yig’aylik. Bunda ikkala lampochka bir xil tarzda 1 va 2 qisqichlarga ulanadi. Shu qisqichlarga ulangan voltmetr 4 V kuchlanishni ko’rsatsin. Bu voltmetrning ko’rsatishi har bir lampoch­kadagi kuchlanishni ham, zanjirdagi to’liq kuchlanishni ham ifodalaydi.
Demak, parallel ulangan ikkala lampochkada kuchlanish bir xil bo’lib, u zanjirdagi to’liq kuchlanishga teng bo’ladi, ya’ni:


U1 = U2 = U. (1)

Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulangan bo’lsa, u holda ulardagi kuchlanishlar ham teng bo’ladi:




(2)
Iste’molchilar parallel ulanganda, har bir o’tkazgich uchlari orasidagi kuchlanish bir xil bo’ladi.
Kalit ulanganda birinchi ampermetr I1 = 0,6 A ni, ikkinchi ampermetr esa I2 = 0,4 A ni ko’rsatsin. U holda zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi ampermetr I = 1 A ni ko’rsatadi. Demak, parallel ulangan birinchi va ikkinchi lampochkalardan o’tayotgan I1 va I2 tok kuchlarining yig’indisi I to’liq tok kuchiga, ya’ni zanjirning tarmoqlanmagan qismidan o’tayotgan tok kuchiga teng bo’ladi:



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin