Faktorlar asosiy darajalarining qiymati va ularni o‘zgarish oralig‘ini tanlash.
Tayanch so‘z va iboralar: Anxanaviy bir faktorli rejalashtirish. Rejalashtirish matritsasi. Faktorli fazo. Baxolash yuzasi. Baxolash funktsiyasi. Teng darajali chiziklar. Faktorli rejalashtirish. Jaraenni kirish va chikish kursatkichlar. Faktorlarni asosiy darajalari kiymati va ularni uzgarish oraligini tanlash. Funktsiyani tabiiy va kodlashtirilgan aniklash soxasi.
1.Aktiv eksperimentni rejalashtirish. Aktiv eksperimentni rejalashtirish ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: anxanaviy (klassik) bir faktorli va ko‘p faktorli.
Anxanaviy bir faktorli rejalashtirishda kirish ko‘rsatkichlarini (faktorlarni) chiqish ko‘rsatkichlariga ta’siri ketma-ket o‘rganiladi, shu bilan birga xar bir tajriba qatorida faqat bir faktorning darajasi o‘zgaradi, qolgan barchalari o‘zgarmas xolda bo‘ladi. Anxanaviy rejalashtirish moxiyatini, ikki faktorli eksperiment misolida ko‘rib chiqamiz, bunda chiqish ko‘rsatkichi U ikki faktorga bog‘liq bo‘ladi - X1 va X2 ga, yaxni U=F (X1, X2). Ikki faktorli aktiv eksperimentni anxanaviy rejalashtirish matritsasi 7.1-jadvalda keltirilgan. Faktorlar darajasi, yaxni faktorlarning xususiy qiymatlari X1(p) va X2(q) bilan belgilangan. Bunda p, q - X1, X2 faktorlar darajasining nomerlari. Chiqish faktorlarining, X1faktorining pdarajasida va X2 faktorning q- darajasida olingan qiymati Urq bilan belgilangan. Ko‘rib chiqilayotgan eksperimentda ikkala faktor uchun darajalar soni kbeshga teng qilib olingan, bu anxanaviy rejalashtirish uchun minimaldir, yaxni k 5.
Matritsadan ko‘rinadiki, ikki faktorlarning turli darajalari kombinatsiyalarining soni 25 ga teng, yaxni ikki faktorli anxanaviy eksperimentda tajribalar soni N = kn = 52 = 25 ta. Agar xar bir tajriba ikki marotaba qaytarilgan bo‘lsa, unda tajribalar soni 50 ga teng bo‘ladi. Qayta tajribalar borligida 7.1-jadvaldagi Urq qiymati bu ikki tajribadagi chiqish ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymatini belgilaydi.
7.1-jadval