I = I1 + I2. (3) Agarda zanjirga n ta lampochka bir biriga parallel ulansa, u holda zanjirdagi to’liq tok kuchi quyidagicha bo’ladi:
I = I1 + I2 + I3 + … + In. (4) Iste’molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi to’liq tok kuchi har bir tarmoqdagi tok kuchining yig’indisiga teng bo’ladi. Parallel ulangan zanjirdagi qarshilik 67 – rasmda tsvirlangan zanjirdagi birinchi lampochkadan o’tayotgan tok kuchi Om qonuniga binoan ga, ikkinchi lampochkadan o’tayotgan tok kuchi ga, to’liq tok kuchi esa ga teng. Bunda R1 va R2 – birinchi va ikkinchi lampochkaning elektr qarshiliklari, R – ikkala lampochkaning to’liq qarshiligi. Bu uchala formulani (3) formulaga qo’yib, quyidagi ifodalarni olamiz:
yoki . (5) Agar zanjirdagi n ta lampochka bir biriga parallel ulansa, u holda zanjirdagi to’liq qarshilikning teskari kattaligi quyidagicha bo’ladi:
. (6)
Iste’molchilar parallel ulanganda, zanjir to’liq qarshiligining teskari kattaligi har bir iste’molchi qarshiligining teskari kattaliklari yig’indisiga teng.
Masalalarni yechishda ikkita iste’molchi parallel ulangan holatlar ko’p uchraydi. Bunday hollarda to’liq qarshilik formulasi uchun quyidagi formuladan foydalanish qulay:
. (7)
4. Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Iste’molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi kuchlanish va har bir iste’molchi uchlaridagi kuchlanish orasida qanday munosabat bo’ladi?
Parallel ulangan iste’molchidagi tok kuchi va zanjirdagi to’liq kuchlanish orasidagi munosabat qanday bo’lishini aytib bering.
Parallel ulangan iste’molchilarning to’liq qarshiligi har bir iste’molchi qarshiligi orqali qanday ifodalanadi?
5. Uyga vazifa: 12 – mashni ishlab kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:__________________________