Mavzu:
Tarmoqlanuvchi algoritmlarni dasturlash. If…else operatori 9-sinf Uy vazifasi uchun berilgan topshiriqlar Mantiqiy ifodalar qiymatini aniqlash uchun dastur tuzing va natijasini oling: 1) a<=5 or a>=0 and a<3
2) x**2+y>0 and a=0.1 or (b>3.7 and c!=4)
3) a<1 or a>0 or not x*x+x*x<=1
4) not(not(not(a>b) or True) and False)
Tarmoqlanuvchi algoritmlar – birorta shartga ko‘ra buyruqlar ketma-ketligining bajarilishi yoki bajarilmasligini belgilovchi algoritm. Tarmoqlanuvchi algoritmlarda bir yoki bir necha shartlar tekshiriladi hamda rost yoki yolg‘on qiymat qaytarishiga asoslanib, buyruqlar ketma-ketligi bajariladi.
Shartlarni tekshirish uchun barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilida ham shartli o‘tish operatorlari mavjud.
if shartli o‘tish operatori
if operatori tarkibidagi shart True (rost) qiymat qaytarsa, buyruqlar bloki bajariladi.
Agar yolg‘on qiymat qaytarsa, buyruqlar_bloki bajarilmaydi. Buyruqlar_bloki if operatoridan keyingi satrda xat boshidan 4 ta probel qoldirib, keyin yoziladi.
Buyruqlar_blokidagi buyruqlar alohida qatorda yoki bitta qatorda nuqta, vergul bilan ajratilgan holda yozilishi mumkin.
tenglamalar sistemasi dasturini tuzing
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 1. Kiritilgan а soni musbat yoki manfiy ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
2. Kiritilgan а soni toq yoki juft ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
3. Tomonlari a va b ga teng to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
4. Kiritilgan a soni to‘rt xonali son ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.1>3>