Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə26/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

Nazorat savollari.

1.Asinxron motorning foydali quvvati qanday aniqlanadi?


2.Asinxron motorning validagi aylantiruvchi moment qanday aniqlanadi?
3.Asinxron mashinaning mexanik xarakteristikasini tushuntirib bering.
4.Maksimal moment va maksimal sirpanishni tushuntirib bering.
5.Asinxron motorning elektromagnit quvvati qanday aniqlanadi?


SINXRON MAShINALARNI TUZILIShI VA IShLASh PRINSIPI, QO‘ZG‘ATISh ChO‘LG‘AMLARI HOSIL QILGAN MAGNIT MAYDON


Reja:
1.Umumiy tushunchalar.
2.Sinxron mashinalarning tuzilishi va turlari.
3.Sinxron generatorning ishlashi.
4. Ayon qutbli sinxron mashinaning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami xosil qilgan magnit maydon
5. Ayonmas qutbli sinxron mashinaning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami xosil qilgan magnit maydon


Tayanch so‘z va iboralar
sinxron mashina, stator magnit maydoni, rotor, sinxron tezlik, asinxron, chastota, juft qutblar soni, generator, dvigatel, sinxron kompensator, stator, rotor, cho‘lg‘am, magnit o‘zak, qo‘zatish cho‘lg‘ami, ayon qutbli, ayonmas qutbli, yupqa elektrotexnik plastina, ishga tushiruvchi, tinchlantiruvchi, sterjenlar, qisqa tutashtiruvchi cho‘lg‘am,magint maydon, maydon koeffitsienti, to‘rtburchak, trapesiya, birinchi garmonika, tarqalish koeffitsienti, cho‘lg‘am koeffiuienti, xavo bo‘shlig‘i sinusoidal ko‘rishida.


Umumiy tushunchalar.

Ishlab chiqarish korxonalarida asinxron mashinalar bilan bir qatorda sinxron mashinalar xam keng qo‘llaniladi.


Rotorning aylanish tezligi statorda hosil bo‘lgan aylanma magnit maydonning aylanish tezligiga teng o‘zgaruvchan tok elektr mashinasi sinxron mashina deyiladi. Sinxron mashinalar ham generator va motor sifatida ishlatiladi, lekin bu mashinalar asosan uch fazali tok generatorlari sifatida ko‘p ishlatiladi. Sinxron mashina generator sifatida ishlaganda uning chulgamlarida hosil bo‘ladigan e.yu.k. ning chastotasi f­1 rotorning aylanish tezligiga proporsional bo‘ladi:

bunda: r- juft qutublar soni.
Mashina motor sifatida ishlaganda rotorning aylanish tezligi tarmoq kuchlanishining chastotasiga proporsional bo‘ladi. Sinxron motorlar asosan quvvati katta hamda aylanish tezligi doimiy bo‘lgan mexanizmlarni xarakatga keltiradi. Sinxron motorlarning quvvat koeffitsientini istalgancha oson o‘zgartirish mumkin, shuning uchun ham bu mashinalar elektr tarmoqlari va qurilmalarining quvvat koeffitsientini rostlovchi elektr mashinalar—sinxron kompesatorlar sifatida ham ishlatiladi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin