Tayanch so‘z va iboralar: Energiya isrofi, tarmoq, aktiv quvvat, stator magnit o‘zagi, elektromagnit quvvat, tok, magnit maydon, rotor cho‘lg‘ami, sirpanish, rotor cho‘lg‘amining aktiv qarshiligi, juft qutblar soni, fazalar soni, ikkilamchi cho‘lg‘am, tarqalish induktiv qarshiligi, ishga tushirish momenti, ideal salt ishlash rejimi, motor, generator, elektromagnit tormoz.
Asinxron dvigitelning aylantiruvchi momenti.
Ishlab chikarish mexanizmi xarakatlantiruvchi xar qanday dvigitelning shu jumladan, asinxron dvigitelning ham ishlashiga baho berilayotganida uning mexanik xususiyatlari hisobga olinali. Aylantiruvchi momentni yetarlicha yaratib berish qobiliyati, dvigitelning valiga ulangan yuk o‘zgarsa ham val aylanish tezligining o‘zgarmasligi, aylanish tezligini o‘zgartirish mumkinligi dvigitelning muhim mexanik xususiyatlari hisoblanadi.
Asinxron dvigitelning rotoriga ta’sir etadigan aylantiruvchi moment rotor cho‘lg‘amidan o‘tuvchi tok bilan asosiy magnit oqimining o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.
Aylantiruvchi moment elektromagnit quvvat orqali kuyidagicha ifodalanadi;
M= (10.1)
Bunda ; = aylanma magnit maydonning burchak tezligi, n1 sinxron tezlik.
= (10.2)
Aylantiruvchi moment formulasidan keltirib chiqarish uchun elektromagnit quvvatni aniklaymiz; Pem= . Rotor cho‘lg‘amida elektromagnit quvvat isrofi aniqlanadi u xolda dvigatelning aylantiruvchi momenti;
M= (10.3)
Aylantiruvchi moment (M) nm yoki kGm bilan o‘lchanadi.
Demak sirpanish qiymati uzgarmaganda asinxron dvigatelda hosil bo‘lgan aylantiruvchi moment rotor zanjirida quvvat isrofiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi
Moment formulasiga ni ifodasini kuyib;
M= (10.4)
Endi bu formuladan I2 urniga uning keltirilgan qiymatini ko‘yamiz;
M= (10.5)
Bunda ; stator cho‘lg‘ami ulangan tarmoq ningfaza kuchlanishi .
Demak, asinxron dvigatelning aylantiruvchi momenti stator cho‘lg‘amiga ulangan tarmoq kuchlanishi kvadratiga to‘g‘ri proporsional ya’ni, M≡ shuning uchun ham aylantiruvchi moment tarmoq kuchlanishi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Endi aylantiruvchi momentning formulasini soddalashtirish uchun asinxron dvigatelning vektor diagrammasini rotor cho‘lg‘amiga tegishli qismidan foydalanamiz. Vektorlar diagrammasidan:
= (10.6)
Bu ifodani () ga kuysak;
M= (10.7)
=E1 bo‘lishini e’tiborga olinsa va E1 ning o‘rniga:
E1=4,44 f1w1 kch1F ni qo‘ysak:
M= (10.8)
Demak, asinxron dvigatelning aylantiruvchi momenti uning asosiy magnit okimi va rotor cho‘lg‘ami tokining aktiv qismini qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |