Bir fazali to’g’irlagichlar Reja: Bir fazali o’zgaruvchan tok to’g’irlagichlari 2



Yüklə 52,78 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü52,78 Kb.
#109816
Bir fazali to’g’irlagichlar Reja Bir fazali o’zgaruvchan tok to


Bir fazali to’g’irlagichlar
Reja:


1. Bir fazali o’zgaruvchan tok to’g’irlagichlari
2. Bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlar shakli
3.Ularni ishlash jarayoni
4.Xulosa


Bir fazali o’zgaruvchan tok to’g’irlagichlari va bitta yarim davrli to‘g‘rilagich va uning vaqt diagrammalari
Toʼgʼrilagich deb oʼzgaruvchan kuchlanishni doimiy nesinusoidal (toʼgʼrilangan), bu kuchlanishning oʼrtacha qiymati esa (oʼzgarmas qismi) isteʼmolchi foydalanadigan oʼzgarmas tokka aylantiradigan qurilmaga aytiladi.
Toʼgʼrilangan tok tarkibida oʼzgaruvchan qismlari (pulьsatsiyalar) boʼladi, ularni butunlay yoʼqotishning iloji yoʼq. Shuning uchun pulьsatsiyalar turli choralar bilan eng kichik qiymatlargacha kamaytirilishi mumkin.
Toʼgʼrilagichlar qator belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi:
• – toʼgʼrilash sxemasi boʼyicha bitta yarim davrli, ikkita yarim davrli, koʼpriksimon toʼgʼrilagichlar;
• – kuchlanishni ikkilantiruvchi (koʼpaytiruvchi) toʼgʼrilagichlar;
• – koʼp fazali toʼgʼrilagichlar;
• va boshqalar.
Toʼgʼrilagichlar radioelektron qurilmalarning oziqlantirish bloklarida oʼzgaruvchan kuchlanishni oʼzgarmas kuchlanishga aylantirishda foydalaniladi.
Har qanday toʼgʼrilagich uchta asosiy elementdan tuziladi:
– kuch transformatori – oziqlantiruvchi tarmoq kuchlanishini pasaytiruvchi ѐki kuchaytiruvchi va tarmoq bilan apparaturani bir-biridan galьvanik ajratuvchi qurilma;
– toʼgʼrilovchi element (ventilь) – bir tomonlama oʼtkazuvchanlikka ega boʼlgan
– oʼzgaruvchi kuchlanishni pulьsatsiyalanuvchiga aylantirish uchun;
– filtr – pulsatsiyalanuvchi kuchlanishni silliqlash uchun.
Toʼgʼrilovchi elementlarning tipiga qarab – lampali (kenotronli), yarim oʼtkazgichli, gazotronli va boshqalar.
Toʼgʼrilangan kuchlanish kattaligiga qarab – past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli.
Moʼljallanishiga qarab – anod zanjirlari, ekran toʼrlari (setka), boshqaruv toʼrlari zanjirlari, tranzistorlarning kollektor zanjirlarini oziqlantirish, akkumulyatorlarni zaryadlash uchun va boshqalar.
Transformatorning w2-g‘altakdagi kuchlanishning qiymati va qutblari tez- tez davriy ravishda (sekundiga 50 marta) o‘zgarib turadi .
G‘altakning yuqori qismida musbat potensial bo‘lgan paytda diod ochiq bo‘ladi va Ito‘g‘ri tokni zanjirdan o‘tkazadi, aksincha holatda, yuqori qismida manfiy qutb bo‘lganda diod ѐpiq bo‘ladi, tokni o‘tkazmaydi va zanjirning elementlarida kuchlanish U=0 bo‘ladi. To‘g‘rilagich chiqishida chastotasi 50 gs bo‘lgan (ellikta yarim davr o‘tish bir sekundda sodir bo‘ladi) kuchlanish impulslari (pulsatsiya) ko‘rinishidagi to‘g‘rilangan kuchlanishni ko‘ramiz , va bu kuchlanish kondensator ѐrdamida v ko‘rinishga keladi.
Bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlar shakli, ularning ishlash jarayoni
Fazalarning soni bo‘yicha bir fazali va ko‘p fazali to‘g‘rilagichlar mavjud. Bir fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagichlar sxemasi 2.34-rasmda ko‘rsatilgan. Тo‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati Uo ≈ 0,9 • U2 bilan o‘lchanadi.

Agarda ventillarning ichki qarshiligini hisobga olsak:
Misol. Ko‘priksimon sxemasi bilan yig‘ilgan to‘g‘rilagichda U0 = 250 V ga teng to‘g‘rilangan kuchlanishni olish kerak, bunda Io = 0,3 A. Ventillarni tanlab olib va ulardagi kuchlanishning pasayishini nazarga olmay, transformatorning ikkilamchi kuchlanishini hisoblash kerak.
Yechish. Ko‘priksimon sxemasida: Utes..max.= 1,57 Uo. Unda: Utes..max.=1,57 · 250 = 392 V, ventil orqali o‘tuvchi tokning amaldagi qiymati: Ito‘g‘. = 0,78 · 0,3 = 0,233 A. Ma’lumotnomadan Io = 0,3 A Utes.k. = 400 V ga teng bo‘lgan D7J ventilini tanlaymiz. Тransformatorning ikkilamchi kuchlanishi U2 kuchlanish Uo bilan Uo ≈ 0,9 · U2 bog‘langan. Bundan: U2 = Uo/0,9 ≈ 282 V. Demak, transformatorning ikkilamchi kuchlanishi 282 V ga tengdir.
Uch fazali ikki taktli Larionovning sxemasi uchta oddiy ko‘priksimon sxemalardan iborat bo‘ladi. Larionov sxemasida ventillar juftma-juft ketma-ket ishlaydi, vaholanki, har qanday berilgan vaqtda katodning, ayniqsa manfiy potensialli tok ventili va ayniqsa anodning musbat potensialli juft ventili ishlaydi. Тokning ventil orqali o‘tishi ko‘rsatilgan. Larionov sxemasining afzalligi teskari kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan qiymati hisoblanadi. Larionov sxemasi katta quvvatli to‘g‘rilagichlar uchun qo‘llaniladi.

Xulosa
Uch fazali ikki taktli Larionovning sxemasi uchta oddiy ko‘priksimon sxemalardan iborat bo‘ladi. Larionov sxemasida ventillar juftma-juft ketma-ket ishlaydi, vaholanki, har qanday berilgan vaqtda katodning, ayniqsa manfiy potensialli tok ventili va ayniqsa anodning musbat potensialli juft ventili ishlaydi. Тokning ventil orqali o‘tishi ko‘rsatilgan. Larionov sxemasining afzalligi teskari kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan qiymati hisoblanadi. Larionov sxemasi katta quvvatli to‘g‘rilagichlar uchun qo‘llaniladi.


Yüklə 52,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin