Uch fazali transformatorlar cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari va gruppalari
Uch fazali transformatorlar cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari va gruppalari.
Reja:
Uch fazali transformator chulg’amlarining ulanish sxemalari
Uch fazali transformatorlar cho‘lg‘amlarini gruppalari.
Uch fazali transformator chulg’amlarining ulanish sxemalari
Uch fazali transformatorlar, asosan, uch fazali tok sistemasini transformatsiyalash uchun ishlatiladi. Uch fazali transformator umumiy po‘lat o‘zakka ega bo‘lib, alohida fazalarning toklari hosil qilgan barcha magnit oqimlari ana shu o‘zak bo‘ylab tutashadi.
Uch fazali transformatorning po‘lat o‘zagi ostki va ustki tomonlardan birlashtirilgan uchta sterjendan iborat. Har bir sterjenda har fazaning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari joylashtirilgan. Chulg‘amlar yulduz yoki uchburchak sxemada ulanishi mumkin. Bu biriktirish sxemalari tegishlicha yulduz va Δ tarzda belgilanadi. Chulg‘amlar qanday sxemada ulanishidan qat’iy nazar birlamchi chulg‘amning bosh (A,B,C) va oxirgi (X, Y, Z) uchlari katta harflar bilan, ikkilamchi chulg‘amning bosh (a, b, c) va oxirgi uchlari (x, y, z) kichik harflar bilan belgilanadi.
Birinchi o‘raladigan chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishi ixtiyoriy, ammo qolgan fazalarning chulg‘amlari birinchi o‘ralgan chulg‘amning yo‘nalishida o‘ralishi kerak. Faqat shundagina ayrim fazalardagi toklarning va ularni hosil qilgan magnit oqimlari (Φ̅A, Φ̅B, Φ̅C) larning shartli musbat yo‘nalishi ta’minlangan bo‘ladi.
Kirxgofning birinchi qonuniga binoan istalgan vaqt lahzasida uchala faza magnit oqimlarining yig‘indisi doimo nolga teng. Masalan, magnit oqimlarining o‘zgarish grafigidan ko‘rinadiki, Φ̅A = Φ̅m bo‘lgan t1 vaqtda Φ̅A o‘zining musbat maksimal
qiymatiga erishgan bo‘lsa, qolgan ikkita magnit oqimi Φ̅B va Φ̅с larning manfiy yarim maksimal qiymatlarga ega bo‘lishi uchala faza magnit oqimlarining po‘lat o‘zak bo‘ylab qo‘shilishini bildiradi, ya’ni
Dostları ilə paylaş: |