1. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari Tarmoq raqobatbard
1. Mahsulot raqobatbardoshligini ta'minlovchi usullar
Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o‘rin egallaydi, chunki:
narxni pasaytirish tovar sotishni ko‘paytirish imkonini bermaydi, chunki raqib ham narxni pasaytirish mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yo‘liga o‘tiladi, bu bilan tovar sotishni ko‘paytirish mumkin;
yirik firmalar kuchli bo‘lganligi sababli mahsulotni yangilash, uni modernizastiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar.
Narx bilan bog‘liq bo’lmagan raqobat usullarining qo‘llanishi o‘zaro kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko‘proq yashirin tus olmoqda, ya’ni tovarlar e’lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‘llanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan raqobat qilish po‘lat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorlariga xosdir.
Tovarning sifati uning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‘z ichiga ko‘plab elementlarni oladi. Bular birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular o‘z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‘imi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik ko‘rsatkichlari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chiqarishga huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, litsenziya (ruxsatnoma) olishi lozim. Tovarlar sifatini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va miqdori, ilg‘or tajriba natijalariga javob beruvchi va alohida xususiyatlari.
O‘z tovarini raqobatchi tovari bilan taqqoslash chizmasi quyida keltirilgan.