1. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari Tarmoq raqobatbard
rasm. O‘z tovarini raqobatchi tovari bilan taqqoslash
Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko‘paytirish va mehnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning bo‘limlarining muhim vazifasidir. Reslublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira olishi zarur. Mashina va mexanizmlarning texnikaviy darajasini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida fan va texnika yutuqlarini tobora kengroq qo‘llashning asosidir.
Firmalar o‘rtasida quyidagi raqobatni o‘zgartirish variantlari mavjud:
Raqib firmalar sonining o‘sish bilan raqobat kuchayadi.
Ko‘pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi.
Tovarga bo‘lgan talab sekin o‘sganda raqobat kuchli bo‘ladi.
Qachon tarmoqda xo‘jalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qo‘llanilsa raqobat kuchayadi.
Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo‘lmagan boshqasiga o‘tayotganda raqobat kuchayadi.
Qachon bitta yoki bir necha firmalar o‘zining bozor ulushidan qoniqmagan bo‘lsa raqobat kuchayadi.
Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o‘sishi bilan proporsional holda raqobat kuchayadi.
Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo‘lganda to‘siqlar yuqori bo‘lganda raqobat kuchayadi.
Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari yuqori darajada farq qiladigan bo‘lsa raqobatning borishini aytish mumkin.
Raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillar:
Raqobatchi firmalar soni
Raqiblar harakatlarining diversifikastiyalashuvi darajasi
Bozordagi talab hajmini o‘rganish
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi
Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chish harakatlari
Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi