Mavzu: ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning qonuniyatlari, shakllari va omillari



Yüklə 32,18 Kb.
səhifə1/13
tarix02.01.2022
ölçüsü32,18 Kb.
#47080
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish

Mavzu: ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINI JOYLASHTIRISHNING QONUNIYATLARI, SHAKLLARI VA OMILLARI.




Reja:





    1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari.

    2. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish shakllari.

    3. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari.

1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va xududiy rivojlanish qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:



  1. Ishlab chiqarishni xududiy oqilona tashkil etish qonuniyati. Unga muvofiq:

Ishlab chiqarish korxonalarini ITT ning yutuqlari asosida, iloji boricha manbalarga yaqin joylashtirish kerak. Masalan, suvni ko„p talab qiladigan tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv manbalariga yaqin joylashtirish maqsadga muvofiq;

Mehanatni ko„p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa mehant resurslari shakllangan markazlarga yaqinroq joylashtirish;

Kundalik iste‟mol qilinuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini iste‟molchilarga yaqinroq joylashtirish kerak va h.k. lar.

  1. Ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati. Bunda biron bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o„rtasidagi eng takomillashgan ishlab chiqarish aloqalarini o„rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki ko„zda tutilgan.

  2. Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati. Hududning (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) kompleks rivojlanishi deganda, xo„jalikdagi mutanosiblik, ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitga mosligi, ixtisoslashgan tarmoqlar, infratuzilmasini, turli ko„lamdagi shaharlarning rivojlanishi, tabiiy

muhitni muhofaza qilish, ularni oqilona foydalanish va hakozolar nazarda tutiladi.

  1. Ishlab chiqarishni hududlarda iloji boricha bir me‟yorda joylashtirish yoki hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tenglashtirish qonuniyati. Unga ko„ra respublikamiz hududlarining iqtisodiy rivojlanishini bir-biriga tenglashtirish, ya‟ni mamlakatimizda ishlab chiqarish kuchlarini bir me‟yorda joylashtirib, kelajakda aholi turmush darajasini oshirish asosiy maqsad qilib olinadi.

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda yuqoridagi qonuniyatlar asosida yondashilsa xalq xo„jaligining barcha tarmoqlarida mehnat unumdorligi oshadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.


  1. Yüklə 32,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin