Xom ashyo omili. Tabiiyki, mahsulot xom ashyo boshqalariga qaraganda ko„proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi.
Sanoatning barcha tarmoqlari, masalan, tog„-kon, o„rmon, baliqchilik o„z-o„zidan ma‟lumki, xom ashyo bo„lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar geografiyasi bilan bog„liq. Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq, masalan, 1 tonna paxta tolasi olish uchun taxminan 3 tonna paxta, 1 tonna paxta uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yog„iga 3
tonna kungaboqar, 1 tonna shakarga 7 tonna qand lavlagisi ishlatiladi. Ushbu raqamlarni nisbiy ko„rinishda berish foydadan xoli emas. Chunonchi, paxta tolasini oq paxtadan chiqishi 32-33 foiz, paxta yog„ining chigitdan olinishi 19-20 foiz, shakarni qand lavlagidan olish 14-15 foiz va shunga o„xshash. Demak, bu korxonalar xom ashyo rayonida yoxud unga yaqin joylashtiriladi.
Xom ashyoga ko„proq asoslangan sanoat tarmoqlarining joylashuvini o„rganish eng avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Turli xil qazilma boyliklarning ma‟lum hududdagi birligi bu yerda ishlab chiqarishni kompleks tashkil qilishga, xududiy majmualarni shakllantirishga, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish samaradorligini oshirishga sabab bo„ladi.
Yoqilg„i issiqlik elektr stransiyalari uchun hamda qora metallurgiya sanoatining dastlabki-cho„yan eritish bosqichini joylashtirishda asosiy rol o„ynaydi. Ammo uning ta‟siri hamma vaqt ham kuchga ega emas: issiqlik elektr stansiyalari yoki metallurgiya zavodlari ayrim hollarda iste‟mol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bu masala ayniqsa, neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik stansiyalarini qurishga tegishlidir.
Biroq, qora metallurgiya zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil bo„lmaydi. Ma‟lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydalidir, ya‟ni ulardan deyarli shuncha cho„yan olish mumkin (1 tonna cho„yan ishlab chiqishda taxminan 2 tonna temir rudasi va 1,2 tonna kokslanuvchi ko„mir sarflanadi). Ammo bu
«o„rtacha» raqam hamma joyda ham bir xil emas: ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19 foizni tashkil etadi, xolos. Bunday konlarga Uraldagi Qo„shqanorni yoki Qorqalpog„iston Respublikasidagi Tebinbuloqni misol qilib ko„rsatish mumkin. O„z-o„zidan ko„rinib turibdiki, bu yerda qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo„lmaydi, chunki kerakli mineraldan ko„ra keraksiz jinslar ko„proq. Shuning uchun bu ruda albatta dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |