Mavzu: ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning qonuniyatlari, shakllari va omillari



Yüklə 32,18 Kb.
səhifə11/13
tarix02.01.2022
ölçüsü32,18 Kb.
#47080
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish

Transport omili juda muhim, chunki u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog„i hisoblanadi. Transport infrastrukturasi bo„lmasa xom ashyo ham keltirilmaydi, mahsulot ham iste‟molchilarga yetkazilmaydi, hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmaydi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar ta‟siri bilan qo„shilib, uyg„unlashib ketadi va uni «sof» holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy geografik o„rin omili bilan ham chambarchas bog„liq. Zero, bu o„rin ob‟ektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.

Ishlab chiqarishni joylashtirishning «qulayligi» ko„p jihatdan uning arzonligi, arzonligi esa asosan transport harajatlarining kamaytirilishi demakdir. Shuning uchun ham ishlab chiqarishni joylashtirishdagi klassik g„oyalar: I.Tyunenning qishloq xo„jalik shtandorti, A.Veberning sanoat shtandorti, V. Kristallerning «markaziy o„rinlari», A.Leshning «iqtisodiy landshaftlarini» transport omilsiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Transport iqtisodiyot tizimining qon tomiri,

harakatlantiruvchi kuchidir. U pirovard natijada ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning samaradorligini ta‟minlaydi.

Ayni vaqtda transport tarmog„ining o„zini ham joylashtirish qonuniyatlari va omillar mavjud. Ular tabiiy geografik, iqtisodiy va siyosiy mazmunga ega.

Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ilmiy-texnika taraqqiyotining ahamiyati ham juda yuqori. Ushbu omilning ta‟siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko„rinadi. Masalan, «ilmtalab» mashinasozlik zavodlari yuksak darajada fan- texnika salohiyatiga ega bo„lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.

Yuqorida ko„rilgan omillarning ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishga ta‟siri ularning barchasi


Yüklə 32,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin