protsessordagi tranzistorlar soni va tranzistorlarning o’lchamidir.
Hozirgi paytda Intel kompaniyasidan tashqari AMD, NVidia va Motorola kompaniyalarining mikroprotsessorlari keng qo’llaniladi. AMD kompaniyasi PC rusumidagi kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar, NVidia shu kompyuterlarga videoprotsessorlar, Motorola esa o’yin kompyuterlari (Sony Play Station) va Apple kompaniyasining kompyuterlari, mobil telefonlar uchun mikroprotsessorlar ishlab chiqadi.
Mikroprotsessorlarning asosiy xarakteristikasi
mikroprotsessorning(mikrosxemaning oyoqlari soni);
takt chastotasi (bir sekundda necha marta eng sodda amalni bajara olishi);
razryadlari soni (bir vaqtda ikkilik sanoq sistemasining necha xonali soni bilan ishlay olishi);
yadrolari soni (bir vaqtda nechta masalani parallel ishlay olishi);
kesh xotirasi hajmi;
undan chiqadigan issiqlik miqdori;
undagi tranzistorlar soni va tranzistorlarning o’lchamidir.
Zamonaviy mikroprotsessorlar turlari. Celeron rusumli protsessor 0.25 mkm-texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan "eng oddiy" kompyuterlar uchun protsessorning Celeron deb nom berilgan soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarildi. Ilk Celeron protsessorlar yadrosining chastotasi 266 va 300 MGs (shina chastotasi - 66 MGs) bo‘lgan. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu esa, o‘z navbatida, ish unumdorligida o‘z aksini topdi (tizim platalarida ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi uchun slot 1 (ajratkich), tabiiyki, bo‘lmagan). Tizim platalarining narxi tushishi va Celeron ning o‘zi arzon bo‘lishi barobarida havaskorlar uchun mo‘ljallangan mashina chindan ham arzon bo‘lgan.
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGs li Celeron 300A modelidan boshlab, yadro kristalli ustida o‘rnatilgan va yadroning chastotasida to‘liq ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga ega. Bunday protsessorlar Mendocino nomi bilan ham ataladi. Takt chastotasi 500, 466, 433, 400, 366 va 333 MGs li Intel Celeron protsessorlarning ish unumdorligi keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va samarali ishlashini ta’minlaydi.