MAVZU: BADIIY REJISYORLIK SSENARIYLARI XUSUSIYATLARI
REJA:
Rejissyorlik sanʼati
Badiiy ssenariylar
Rejisyorlik ssenariylar
1. Rejissyorlik sanʼati, rejissyor —garmonik bir butun va muayyan yaxlitlikka ega boʻlgan tomosha, koʻrinish yaratish sanʼati (teatr, kino, telefilm, sirk va estradada). Rejissyorlik sahna asari yoki kinofilm yaratish jarayonida ijodiy xodimlar — aktyor, yakkaxon, rassom, kompozitorga (kino va televideniyeda operatorlarga ham) va yordamchi xodimlarga rahbarlik qiladi. Rejissyorlik sanʼati drama teatrida pyesa tanlash, uning gʻoyasi, janr va badiiy xususiyatlari, tasvirlanayotgan davr, muallifning ijobiy uslubini oʻrganishdan boshlanadi. Rej. asar talqini uchun saxna vositalarini izlaydi, har bir personaj harakteri va umuman, spektakl talabiga monand aktyorlar tanlaydi, sahnaviy ritm va surʼatni belgilaydi, mizansahnalar yaratadi, rassom va kompozitor bilan hamkorlikda asarni badiiy bezash prinsiplarini ishlab chiqadi. Realistik spektakldagi yaxlit va chuqur xaqqrniylik bir-biri bilan uzviy bogʻlangan „uch haqiqat“ (hayotiy, ijtimoiy va saxnaviy) asosida yaratiladi (V. I. NemirovichDanchenko). Agar rejissyor ulardan birini eʼtibordan chetda krldirsa, boshqalari ishonarli chiqmaydi. Rejissyorlik sanʼatida aktyor bilan ishlash muhim oʻrin tutadi. Rejissyorlik sanʼatisahna ijodining mustaqil turi sifatida ajralib chiqquniga qadar, sahnalashtiruvchi vazifasini muallif, yetakchi aktyorlar bajargan.
Uygʻonish davrida Yevropada sayyor professional teatr bilan birga muallif, aktyor va rejissyor vazifalarini oʻtagan truppa rahbari ham yuzaga keldi. 16—17-asrlarda Rejissyorlik sanʼatining rivojiga U. Shekspir, J. Molyer, Lope de Vegalar muhim qissa qoʻshgan. Burjua maʼrifatparvarligi davrida Rejissyorlik sanʼati nazariyasi yaratila boshladi (Gotthold Ephraim Lessing, Denis Diderot). G. Lessingning izdoshi F. L. Shreder Gamburg teatrida birinchi boʻlib, aktyor oʻz rolinigina emas, pyesani ham toʻliqoʻrganishini joriy etdi. Bu prinsiplarni F. Talma (Fransiya) davom ettirib, Rejissyorlik sanʼatida klassitsizmdan romantik teatr tomon burilish yasadi.
Rejissyorlik sanʼati yuzaga kelishida 19-asrda Meyningen teatri rejissyorlari (L. Kornek va boshqalar) muhim rol oʻynadi. Muallif matniga ehtiyotkorlik bilan qarash, tarixiy muqitni aniq aks ettirish, ommaviy sahnalarning uygʻunligiga erishish Meyningen rejissurasining ijobiy tomonidir.
20-asr boshlari Gʻarbiy Yevropa Rejissyorlik sanʼatida formalistik oqimlar hukmron boʻldi (E. Kreg—Angliya, M. Reynhardt—Germaniya, A. Appia—Shveysariya va boshqalar). 20-asrda Gʻarbiy Yevropa Rejissyorlik sanʼati rus rejissurasi (K. S. Stanislavskiy, V. I. NemirovichDanchenko, Ye. B. Vaxtangov, V. E. Meyerxold, A. Ya. Tairovlar) taʼsirida rivojlandi.
Rejissyorlik sanʼati unsurlari oʻzbek anʼanaviy teatrida paydo boʻlgan. U korfarmon deb atalgan. 1914-yildan oʻz faoliyatini boshlagan yevropa shaklidagi oʻzbek teatrida yozma drama asosida ish olib boruvchi va oʻz spektakllarini bino ichida sahnada koʻrsatilishiga moʻljallab tayyorlovchi malakali rej.lar yetishib chiqa boshlaydi. Rejissyorlik sanʼatining shakllanish jarayoni A. Avloniy, Hamza, M. Majidov (Uygʻur) faoliyati bilan bogʻliq. Dastlabki sahna asarlari maʼrifatchilik, targʻibottashviqot ruhida talqin qilingan. Voqelikni hayotiy vositalar bilan naturalistik yoritish (saxnada rasmana uylar qurish, bugʻi chiqib turgan ovqat, mevacheva ishlatish, buyumlardan foydalanish kabi), personajlar harakterlarini boʻrttirish, ijobiy qahramonlarni birinchi planda koʻrsatish bu davrda Rejissyorlik sanʼatiga xos xususiyatlardir. Moskvada ochilgan oʻzbek drama studiyasida M. Uygʻur, Ya. Bobojonov M. Muhamedovlar aktyorlik mahorati bilan birga Rejissyorlik sanʼati asoslarini ham oʻzlashtirganlar. Ular oʻsha davr rus teatrida hukmron boʻlgan barcha ok, imlarga katta qiziqish bilan qaragan. Ayniqsa, ularga Ye. Vaxtangov va V. E. Meyerxold rej.lik uslubi kuchli taʼsir koʻrsatgan. Mannon Uygʻur boshliq eng yaxshi rej.lar badiiyestetik jihatdan eʼtiborli, realistik, kechinma, histuygʻularga asoslangan sahna asarlari („Hamlet“, „Boy ila xizmatchi“ singari) yaratish yoʻlidan borib, oʻzbek rej.lik maktabiga asos soldilar. Sh. Qayumov, A. Turdiyev, J. Obidov, 3. Madaliyev, V. Fayozov, X. Mustafoqulov kabi atokdi aktyorlar ham Rejissyorlik sanʼati rivojiga oʻz hissalarini qoʻshganlar. Opera teatrining tarkib topishi va taraqqiyotida rej.lardan M. Muhamedov bilan E. I. YungvaldXilkevichning xizmati katta. Hozirgi oʻzbek milliy akademik drama teatri, Muqimiy teatri taraqqiyotida N. V Ladigin, A. O. Ginzburg, I. V. Radun, ayniqsa, R.Hamroyev va T.Xoʻjayevlar oʻrni salmokdi boʻlib, drama, musiqali drama janrlarining professional darajaga koʻtarilishi uchun koʻp kuch sarf qilishgan.
60-yil larning oxirlaridan rejissyor E.Masofoyev bir guruh aktyorlar bilan „Yosh gvardiya“ (hozirgi Abror Hidoyatov nomidagi teatr) teatrini tashkil etib, poetik teatr yaratishga bel bogʻlaydi.
70-yillarning boshlarida teatr sahna madaniyati Yevropa darajasiga koʻtarilib, aholi maʼnaviy hayotida muhim oʻrin egallaydi. Bu davrda rej.lardan B.Yoʻldoshev, M.Ravshanov, M.Niyozmatov, R. Hamidov, K. Yoʻldoshev, B. Ixtiyorov va boshqa ish boshladi. Ular turli janrdagi asarlarni saqnalashtirish asosida murakkab uslubiy vazifalarni bajarishga kirishadilar, hayot haqiqatini, inson ichki dunyosini ochishda turli vositalarni ishga solib, badiiy yaxlitlikka erishadilar.
70-yillarning oxiri — 80-yillarning boshlarida Rejissyorlik sanʼati oʻzbek teatrini ichdan yangilashga erishadi, eski mavzular, teatr ijrochiligi ham yangicha jaranglay boshlaydi. Ayniqsa, 80-yillar studiyachilik harakati kuchayib, teatrning badiiy salohiyati oshadi. Yosh rej.lar M.Vayl, N. Abdurahmonov, A.Abdunazarov, O. Salimov izlanishlari eʼtiborli boʻldi. Oʻzbekistonning mustaqilligidan soʻng teatr sanʼatida ham tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Sahna vositalari bilan tarixni yoritish buyuk ajdodlarimiz — allomalar, shoirlar va davlat arboblari shaxslarini gavdalantirishga eʼtibor kuchaydi. Zamonaviy mavzularni aks ettirishda esa milliy vositalar keng qoʻllana boshladi. Balet asarlarini sahnalashtirishni baletmeysterlar bajaradi, rej.lar ularga yordam berishadi. Balet baletmeysterlari orasida I.Yusupov faoliyati diqqatga sazovor.
Rejissyorlik sanʼati opera (shuningdek, musiqali drama va operetta)da musiqali teatr xususiyatlariga tayanadi. Bu yerda spektaklning asosini musiqa tashkil qilganligi uchun rejissyor dirijyor va xormeyster bilan hamkorlikda ish olib boradi. Kompozitor partiturasining sahnaviy talqini musiqali teatr rejissurasining asosiy xususiyatidir.
Rejissyorlik sanʼatida qoʻgʻirchoq rejissyorligi alohida ajralib turadi. Respublika qoʻgʻirchoq teatri (Toshkent, 1939-yilda tashkil topgan), undan keyin Andijon, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Xiva, Termiz sh.larida barpo etilgan qoʻgʻirchoq teatrlarida unlab rej.lar bu sanʼatning saviyasini kutarish, nainki bolalar orasida, balki kattalar orasida ham uning nufuzini oshirishda uz hissalarini qushmokdalar. Qoʻgʻirchoq teatri rejissurasining rivojlanishida I. Yoqubov, M. Ashurova, SV. Iogelson, Sh. Yusupov kabi rejlarning xizmatlari alohida. Radio va televideniyeda ham uziga xos Rejissyorlik sanʼati vujudga kelgan. Mustaqillik iillarida maydon tomoshalari rej.ligi shakllandi. Bu sohada faoliyat koʻrsatayotgan B.Yoʻldoshev, R.Hamidov, N.Otaboyev va boshqa katta maydon va amfiteatrlarda tomosha qoʻyish boʻyicha katta tajriba orttirishdi.
Kinoda Rejissyorlik sanʼati milliy kino shakllanishi bilan bogʻliq holda rivojlana bordi. Oʻzbek ovozsiz kinosining dastlabki iillarida mahalliy hayotning oʻziga xos tomonlarini yaxshi bilmaydigan, oʻz oldiga badiiy jihatdan jiddiy vazifa qoʻymagan rej.lar filmlar qoʻydi.
30-yillarning boshlarida milliy sanʼat arboblari (N.Gʻaniyev, S. Xoʻjayev, Y. Aʼzamov)nmnt rejissuraga kirib kelishi munosabati bilan xalq hayotining turli jabhalarini chuqur oʻzlashtirish, ijodiy qayta ishlash, uslubiyjanr izlanishlar boshlandi. „Yuksalish“, „Ajoyib ish“, „Ramazon“, „Tong oldidan“, „Yigit“, „Qilich“ singari filmlar ishchilarning mehnat kundaligi, harbiy ish, dehqon harakati, oʻlka tarixiga bagʻishlandi. Rej.lar mahalliy aktyorlar (O. Jalilov, E.Hamroyev, M.Qayumov, S.Iskanderov va boshqalar)dan foydalanishni yoʻlga qoʻydilar.
Haqiqiy milliy kinorejissuraning yuksalish davri 40—50-yillar boʻldi. Oʻsha yillar Ya. Protazanov, A.Usolsev— Garf, N.Gʻaniyev, K..Yormatov, Z.Sobitov, Y.Aʼzamov kabi rej.lar „Tohir va Zuhra“, „Nasriddinning sarguzashtlari“, „Alisher Navoiy“, „Paxtaoy“, „Boy ila xizmatchi“, „Stadionda uchrashamiz“, „Amirlikning yemirilishi“ kabi yetuk filmlar bilan tanildilar. Shu davrda oʻzbek kinorejissyorlarining obroʻsi respublikadan tashqariga ham yoyildi. 60-yillar milliy kinorejissurada sifat jihatdan yangi davr boshlandi, „Oʻzbekfilm“ga yangi yosh mutaxassislar (D.Salimov, R. Botirov, Yu. Stepchuk, A. Qobulov, Q. Kamolova va boshqalar) kelib qoʻshildi. „Sen yetim emassan“, „Laylak keldi, yoz boʻldi“, „Yoryor“, „Surayyo“, „Toshkent—non shahri“ filmlari shu davrda yaratildi. Rejissuradan yangi — zamonaviy mavzu, yoshlar mavzusi keng oʻrin oldi („Nafosat“, „Sevishganlar“, „Yigit va qiz“, „Mahallada duvduv ran“) va boshqa Shuningdek, keksa avlod rejissyorlarining yangi izlanishlari koʻzga tashlanadi („Maftuningman“, „Furqat“, „Fidoiy“, „Natashaxonim“ kabi).
Rejalarning professionallik jihatidan yuksaklikka koʻtirilishi turli mavzu va janrda ijod etishga keng yoʻl ochdi. „Abu Ali ibn Sino“, „Dahoning yoshligi“ (rej. E.Eshmuhammedov), „General Rahimov“ (3. Sobitov), „Ulugʻbek yulduzi“ (L.Fayziyev), „Ikki dil dostoni“ (K.Yormatov), „Oʻtgan kunlar“ (Y. Aʼzamov) kabi filmlar oʻzbek kinosiga katta shuhrat keltirdi. „Abu Rayhon Beruniy“, „Achchiq danak“, „Seni kutamiz, yigit“ singari filmlar rejissurasi uchun kinofestival kabi anjumanlarda yuqori baholandi va sovrinlar bilan takdirlandi.
2. Tadbirlarni tashkil etishda maqsad va vazifalami aniq belgilab olish muhimdir. Aniq mavzu asosida ssenariy yaratishda turli usullardan foydalanish ssenariyning betakrorligi, mukammalligini ta’minlaydi. Ssenariyda san’atning barcha turlaridan o‘rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. “San’at - bu haqqoniylikni badiiy obrazlardagi ijodiy talqinidir”13, yoki boshqacha qilib aytganda, hayot haqiqatlarini badiiy obrazlar orqali ifoda etilishidir, deyish mumkin. Aynan, ssenariy ham alohida olingan bir asar sifatida qaralmog‘i lozimdir. Chunki, o‘tkaziladigan har bir tadbiming negizida aniq maqsad va vazifalar yotadiki, buni tadbirlami tashkil etish orqali amalga oshirishga erishiladi. Tadbir ssenariysini yaratish, unda yozilgan, matn shaklida berilgan so‘zlami sahnaga ko‘chirish, tomoshabinning c’tiboriga havola etish va buning natijasi sifatida olingan ijod mahsuli insonlarga ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, charchoqlarini chiqarishga va boshqa bir qancha maqsadlarni amalga oshirishga turtki bo‘lishi lozimligi haqida manbalarda ma’lumotlar berilgan.
Tadbimi san’at darajasida tashkil etilishi bu ssenariyning to‘laqonligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ssenariyni sahnaga olib chiqishda uning illyustratsiyalashtirish va tcatrlashtirilish usullaridan foydalanishi tadbimi mazmunli chiqishida katta samara beradi. Madaniy tadbirlarida informatsion materialning san’at materiali bilan mantiqiy birikuvi illyustratsiyalashtirish deyiladi. Ya’ni aniq, mavjud faktlami poeziya, proza, musiqa, kinoparehalar, suratlar bilan i/ohlashdir. Bu usulda barcha hayotiy va badiiy materiallaming mustaqilligi saqlanadi, ular bir-biridan ayricha mustaqil harakat qiladilar. Jllyustrlashtirish - bu san’at elementlarini u yoki bu shaklda madaniyat muassasasidagi targ‘ibot va tashviqotga singdirish demukdir. U tanlangan shaklga o‘zgartirish kiritmaydi, balki, uning y'oyaviy-emotsionalligini kuchaytiradi, ya’ni san’at elementlari so'zga chiquvchilar va boshqaruvchi so‘zi bilan parallel ravishda davom etib, tadbir mazmunini tomoshabinlarga yetkazadi,
G’oyaviy fikrni yorqin ifodalaydi. lllyustrlashtirish usulida tayyorlungnn Imlbii qismlarini mav/u va g‘oyaviy fikr qovushtirib tuuuli Hit so1/ hilun aytgaiula, tadbir mazmunini xilma-xil badiiy koiupoMcntliii orqali tomoshabinga yetkazish - illyustrlashtirish usulmiiig bosh va/ifasidir. Tadbirdagi badiiy va xujjatli faktlarni teatr, dramaturgiya qomin-qoiclalari asosida umumlashtirish teatrlashtirish usuli orqali amalga oshiriladi. Bu usul faqatgina tadbiming barcha komponentlarini o‘ziga bo‘ysundirib, umumlashtirib qolmasdan, balki u tadbir qatnashchilarining aktivligini oshiradi. Tadbirda tomosha, o'yin vaziyati yaratish ham teatrlashtirishning muhim xususiyatidir. Teatrlashtirish madaniyat muassasi ishining ijtimoiypsixologik ish shakli hisoblanadi. U ssenariyda ikki yo‘nalishda namoyon bo'ladi:
1) fakt va hujjatlami tashkil etadi;
2) kishilaming xatti-harakatini uyushtiradi.
Ular ssenariyda qorishiq, bir-biriga bogiiq holda keladi. Demak, har bir ssenariy asosida avvalo aniq, hayotiy material yotadi. Ssenariyga asos boigan bu materialni aniq (real) qahramonlar taqdiri orqali ko‘rsatish - teatrlashtirishning bosh vazifasidir. U tomoshabinni harakatga soladi, aktivlashtiradi, maqsadga yo‘naltiradi.
Teatrlashtirish deganda teatr dramaturgiyasi qonunlariga asoslangan holda yaratilgan kompozitsiyani tushunish mumkin. Teatrlashtirish - biror mavzu haqidagi o‘nlab informatsion faktlami aniqlashtirish, kishilar taqdirini obrazli vositalar yordamida ko‘rsatish, mavzu va g‘oyani yig‘ma va publitsistik umumlashtirish orqali ochishdir. Tadbimi aniq faktlar va qahramonlarsiz teatrlashtirib boimaydi. Teatrlashtirish - tadbir g‘oyasi va mavzusining organik qo‘shiluvi bo‘lib qolmay, balki kompozitsion butunlikni namoyon qiluvchi usuldir. Bu esa bayram qatnashchilarining o‘zlari teatrlashtirilgan ommaviy harakatning jamoa qahramoniga aylanishlarini talab qiladi. Bunday harakatda hamma vaqt aniq asoslar, qahramonlar mavjud. Ssenarist va rejissoming vazifasi esa ana shu aniq harakatni badiiy qolipga solishdan, aniq obrazning emotsional jarangdorligini kuchaytirishdan iborat. Tadbirlar ssenariysini yaratishda illyustrlashtirish va teatrlashtirish usullaming o‘ziga xos xususiyatlarini albatta hisobga olish kerak. Ular hujjatlilik,shartliylik, g‘oyaviylik, obrazlilik, badiiylik, hayotiy konflikt (ziddiyat), tomoshabin faolligiga asoslagan holda yaratiladi.Tadbirlami tashkil etishda ssenaristda rejissorlik nuqtai nazari boTishi lozim. Ssenarist ssenariyni yaratish mobaynida ko‘z oldiga keltirgan narsasini qog‘ozga tushurishda katta bilimlar xazinasiga ega boiishi talab etiladi. Tadbir tashkilotchisi bergan topshiriq asosida ssenariyni yaratishda ijodiy guruhning maqsad va vazifalarini aniqlab olish, uning mazmunli chiqishini ta’minlash va tadbiming yuqori saviyasida tashkil etish ssenariynavisning mahoratida namoyon boim og‘i lozim.
Har qanday san’at asari singari madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysi ham ma’lum bir mazmun ohangida dunyoga keladi. Madaniy-ma’rifiy muassasasining yillik ish rejasi - madaniyat muassasasi dramaturgiyasi uchun mavzuiy asosdir. Bu rejalarda muassasalar ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: vatanparvarlik, mehnatsevarlik, sadoqat, ekologik, jismoniy estetik tarbiya, dam olishni tashkil etish, bolalar va o‘smirlar bilan ishlash va boshqa masalalar belgilanadi. Bu tadbirlar madaniy-ma’rifiy muassasalarda dramaturgiyaga xos bilimlarga ega boiishni talab etadi. Bayram tantanalarini mazmunli tashkil ssenariylarning mukammal yozilganligida o‘z aksini topishi lozim. Mukammallik esa ssenariyning faktlarga boyligi, badiiy vositalardan unumli, san’at vositalaridan aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanilganligi, mazmunni toiiq ifodalab beruvchi matnning jozibadorligi, tanlangan manbalaming ishonchliligi va boshqa jihatlarda namoyon boiadi. Barcha ma’lumotlarni badiiylashtirish orqali tomoshabinga yetkazish vositalarini izlab topish ssenaristdan katta mahorat talab etadi. I lar qanday madaniyat xodimi yoki san’atkor bir o‘tirishda mukammal ssenariy yozishi mumkin emas, deb o‘ylaydi. Ssenariy aniq o'ylangan, kuzatilgan, tajribadan o‘tkazilgan, faktlarga asoslangan, badiiy jihatdan qimmatli maiumotlarga boy boigan ijod namunasidir. Mukammal ssenariyning yaratilishi o‘tkazilmoqchi boigan Imlbiming yiiiim g'alabasidir, desak mubolag‘a boimaydi. Tadbirnlng mu/muni, uning tomoshabinlarga ta’siri, tarbiyaviy, mafkuraviy lomoiilmi, nxloqiy va estetik jihatlarining ssenariyga singdirilishi - ssenaristning mnlmratini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |