1. Rejissyorlik sanʼati, rejissyor


Ssenariyda quyidagi maqsadlar amalga oshirilishi lozim



Yüklə 31,65 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü31,65 Kb.
#180263
1   2
Ssenariyda quyidagi maqsadlar amalga oshirilishi lozim:
1) ssenariy hayotdagi muhim masalani ifodalashi;
2) hayot haqiqatini ko'rsatish;
3) yangilikni, ilg'or tajribani kashf etishi va uni xalqchil talqin etishi;
4) inustaqilligimiz qahramonlarining yorqin obrazini badiiypublitsistik gavdalantirish lozim. Adabiy ssenariy ustida ishlash bir necha bosqichlarda olib boriladi.
Bu ijodiy jarayon quyidagilami o‘zida qamrab olishi zarur:
1) Ssenariy yozishidan maqsad (masalaning qo‘yilishi);
2) Ssenariy to‘qimasi ustida ishlash (mavzu, g‘oya, material, shakl).
3) Ssenariy yuzasidan ish rejasini tuzish.
4) Hujjatli materiallami to‘plash.
5) Badiiy materiallami to ‘plash.
6) Ta’sirchan vositalami tanlash.
7) Ssenariy janrini aniqlash.
8) Ssenariy sujeti ustida ishlash.
9) Ssenariy yo‘li (rang-barang hujjatli materiallami yagona «o‘q» atrofiga uyushtirish) ustida izlanish.
10) Turli xil sahnaviy usullardan foydalanish (illyustrlash, teatrlashtirish kabi).
11) Ssenariyning to‘liq adabiy matnini qog‘ozga tushirish.
3. Teatrlashtirilgan ommaviy bayramlar rejissurasi haqida fikr yuritishdan oldin «rejissyor» atamasiga ta’rif berib o‘tmoqchimiz. Rejissyor tushunchasi frantsuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, «boshqaruvchi», «yo‘l-yo‘riq ko'rsatuvchi» degan ma’noni bildiradi. Rejissyor dramatik asami, ya’ni materialni aktyor va ijrochi yordamida to‘g‘ri yo‘lga boshqaradi. Rejissyorlik kasb sifatida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yevropada paydo boMgan. 0 ‘zbekistonga ham «rejissyor» so‘zi o‘sha vaqtlarda kirib kelgan. Mazkur tushuncha kirib kelganga qadar «korfarmon» degan so‘z ishlatilgan. «Korfarmon» so‘zining ma’nosi «ishga farmon beruvchi», ya’ni ishboshi demakdir. Teatrlashtirilgan ommaviy bayramlar rejissyori ssenariyni mahalliy sharoitlarga asoslangan holda badiiy-hujjatli qonuniyatlar asosida, maxsus ish shakllarida amaliy uyushtiradigan ijodkordir. Rejissyorlaming ijodi, albatta, ulaming yuksak insoniy, madaniy, axloqiy xususiyatlariga hamda dunyoqarashi, bilimi va professional qobiliyatlariga bog‘liqdir. Faqat bu fazilatlami o‘zida mujassamlashtirgan ijodkorgina «rejissyor» degan mutaxassislikni o‘zlashtirish mumkin. Rejissyorlar umumiy fazilatlarga ega bo‘Iish bilan birgalikda, shug‘ullanayotgan sohalari talab qilgan, o‘ziga xos xususiyatlarga va layoqatlarga ham ega bo‘lmog‘i lozim. Bu har bir soha rejissurasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shu o‘rinda «bayram» va «tomosha» tushunchalarining bir-biridan farqiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. «Bayram» tushunchasi - deb yozadi, taniqli rejissyor va pedagog F.E.Ahmedov, «tomosha» tushunchasidan ancha farq qiladi. Bayram keng maydonda o‘tkazilib ijodiy, faol xalq ommasining qatnashishi, uzviy sahna chegarasining, sahna maydonchasining yo‘qligi bilan farq qiladi. «Tomosha» esa doimo ma’lum bir sahna maydonida o‘tkazilib, uzviy sahnaviy chegaraga ega bo‘lib, tomoshabin va ishtirokchiga bo’linadi. Ommaviy bayram rejissyori va ssenariy muallifi tomonidan ommaviy tomoshalarning janrini aniqlash juda ham muhimdir. Hozirgi kunda ommaviy tomoshalarning amaliyotda tasdiqlangan bir qancha janrlari mavjud. Ular quyidagilar:
• ommaviy teatrlashtirilgan tomosha;
• ommaviy teatrlashtirilgan konsert;
• adabiy-badiiy, adabiy musiqali kompozitsiyalar;
• memorial-marosim tomoshalari;
• teatrlashtirilgan mitinglar;
• ommaviy sport tomoshalari;
• suvda, muzda o‘tkaziladigan tomoshalar;
• kamaval;
• xalq tomoshalari kiradi.
Mazkur san’at turidagi janrlaming har biri yana bir qancha kichik janrlarga bo‘linishi mumkin. Ular sahnalashtirish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, teatrlashtirilgan mitinglar o‘z ichiga quyidagilami oladi: miting - konsert, motam mitingi, teatrlashtirilgan miting - yo‘qlama, miting - axborot va boshqalar. Muhimi bo‘lajak tadbirning janrini ssenariy yozish uchun material qidirishdan oldinroq bilish lozim va ssenariyda ham shu janr qonunlarini asrashga harakat qilish zarur. Nega bu shunchalik zarur? Chunki, «Har bir tushunchada ma’lum bir mazmun va shakl yashirinib yotadi. Nomi bilan ko‘rinishning faqatgina mag‘zi, g‘oyasi aniqlanadi, balki uning badiiy yo'nalishlari, janming o‘ziga xos xususiyatlari ham belgilanadi. To‘g‘ri ta’rif, bir tomondan, sahnalashtiruvchi tashkilotchi ishtirokchilar orasida, ikkinchi tomondan, tomoshabinlar o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabat vazifalarini yana bir karra aniqlashtiradi», - deb yozgan edi.
Teatr san’atining asoschilaridan biri V.I. Nemirovich-Danchenko rejissyorlaming quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishini ta’kidlagan edi: 1. Rejissyor - pedagog, u asaming g‘oyasini, maqsadini, badiiy obrazning talqinini to‘g‘ri va mantiqli tushuntirishni bilishi, o‘z mahorati, mehnatga bo‘lgan hurmati orqali aktyorlarga, xodimlarga o‘mak bo‘lishi kerak. 2. Rejissyor - oyna, u aktyorlarning individual xususiyatlarini, ijodini to‘g‘ri aks ettirishni bi!mog‘i kerak. 3. Rejissyor - tashkilotchi, u butun spcktakl yoki tadbirni uyushtirishi va tashkillashtirishi kerak.
Nemirovich-Danchenko to‘xtalgan bu fazilatlar, asosan, teatr rejissyorlariga mansubdir. Shunga qaramay, ular ommaviy tadbirlar rejissyoriga ham tegishli bo‘lib, bunda o‘ziga xos tartib va xususiyat namoyon bo‘ladi. Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarning mohiyatidan va xususiyatlaridan kelib chiqilganda, ulaming rejissyori, eng awalo, tashkilotchi shu bilan birga, bosh ijodkor va qonuniy ravishda pedagog bo‘lmog‘i lozim. Quyida ommaviy-tadbir rejissyorlariga mansub boigan fazilatlar va xususiyatlarga to‘xtab o‘tish bilan birgalikda, ular ish jarayonida qanday namoyon boiishini ko‘rib chiqamiz. Rejissyor - tashkilotchi. Agar ommaviy tadbirlar rejissyorida tashkilotchilik qobiliyati bo‘lmasa, hech qachon yaxshi tomosha, ya’ni tadbir uyushtira olmaydi. Ommaviy tadbirlar rejissyori uchun tashkilotchilik qobiliyati eng asosiy fazilat hisoblanadi. Chunki u san’at muassasalaridagi professional rejissyorlarga qaraganda murakkab sharoitda, maxsus malakaga ega bo‘lmagan havaskorlar bilan ish olib boradi. Rejissyor tadbirning tashkilotchi-administratori sifatida juda ko‘p ishlami bajaradi. Agar professional teatr, kinostudiya, televideniye va radioda administrativ (ma’muriy) ishlarni maxsus tayinlangan kishilar olib borishsa, madaniy-ma’rifiy muassasalarda esa ommaviy tadbir rejissyori ular bajaradigan fazilatlami o‘z zimmasiga oladi. Ommaviy tadbirlar rejissyori vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha muammolarni yechish uchun yo‘l-yo‘riq topa bilishi kerak. U lozim bo‘lsa, havaskorlar tadbirda qatnashishi uchun barcha sharoitni tayyorlashi, texnik apparatlami axtarishi, badiiy ustaxonalar bilan shartnoma tuzib dekoratsiya, butaforiyani hozirlashi, kostyumlarni topishi va ko‘plab shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishi lozim. Albatta, bunday sharoitda tadbimi tayyorlash va mavjud muammolarni bartaraf qilish uchun rejissyorda administrativ qobiliyat nihoyatda kuchli bo‘lmog‘i lozim. Aks holda, tadbir tashkilotchisi yaxshi natijalarga erisha olmaydi. Tadbir tayyorlash jarayonida rejissyoming boshqaruvchilik layoqati alohida o‘rin tutadi. Chunki tadbir odamlaming ishtiroki bilan vujudga keladi va odamlar uchun tayyorlanadi. Agar rassom bo‘yoq, xolst va polotno bilan, arxitektor har xil granit toshlar va cho‘kich bilan, yozuvchi so‘zlar bilan, kompozitor ohang va notalar bilan ijod qilsa, tadbir rejissyori kishilar bilan tomoshaviy shakl yaratadi. Shunday qilib, ommaviy tadbir rejissyori, eng avvalo, boshqaruvchilik qobiliyatiga, administrativ ishlar olib borish layoqatiga ega bo‘lgan tashkilotchi kishi bo‘lmog‘i lozim. Rejissyor - bosh ijodkor.
Agar ssenariy muallifi tadbirning yozma xomaki variantini yaratsa, rejissyor uning amaliy ko‘rinish shaklini vujudga keltiradi. Agar ssenariy muallifining ishini arxitektorning loyihasiga o‘xshatsak, rejissyoming ijodini muhandisning faoliyatiga qiyoslasa bo‘ladi. Muhandis loyiha asosida bino qursa, rejissyor ssenariy asosida tadbir tayyorlaydi. Rejissyor tadbirga jon kiritadigan ijodkor shaxsdir. Ommaviy tadbirlar rejissyori ijodining asosiy xususiyati shundaki, u real hayotning muhim lahzalarini tadbir sifatida shakllantiradi. Rejissyor ulkan san’atkor boMishi bilan bir qatorda, u sintetik, har tomonlama rivojlangan ijodkor shaxs bo‘lmog‘i kerak. Agar professional teatr rejissyoriga spektaklni sahnalashtirishda professional xoreograf, kompozitor, xormeyster, dirijyor kabi mutaxassislar yordam bersa, mahalliy sharoitda tadbir tayyorlash uchun bunday mutaxassislar har doim topilavermaydi. Buning ustiga teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarda ta’sirchan vositalardan dramatik teatr yoki kinoga nisbatan ko‘proq va kengroq foydalaniladi. Deyarli barcha tadbirlarda jonli va badiiy so‘z, musiqa, ashula, xor, raqs, pantomima va boshqa san’at vositalaridan keng foydalaniladi. Shu sababli ommaviy tadbir rejissyori san’atning barcha turlari, janrlari bilan yaxshi tanish bo‘Imog‘i va ulardan samarali foydalanmog‘i kerak. Rejissyor - pedagog. Ssenariy muallifi o‘ylagan g‘oyaviy mazmunning asosida albatta tarbiyaviy maqsad yotadi. Bu maqsad faqat rejissyorning pedagogik qobiliyati tufayli amalga oshiriladi va ro‘yobga chiqariladi. Chunki u, awalo, tadbir qatnashchilarini, havaskorlami va shu bilan birga tadbirga kelgan ommani ham tarbiyalamog‘i lozimdir. Rejissyor ommani to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarbiyalamaydi. U havaskorlami tarbiyalashi va ular orqali ommani tarbiyalashi mumkin. Tadbir mazmuni haqiqiy tarbiyaviy mazmunga ega bo'lsa ham, agar uni insoniy va madaniy axloqi boMmagan kishilar ijro etsa, tarbiyaviy jarayon o‘miga aks tarbiyaviy holat vujudga kelishi mumkin. Ommaviy bayramlar rejissurasida teatrlashtirish licit turga bo ‘linadi: 1. «Bir qatorga terish» (uyg‘unlik} turi - bu rejissyor tomonidan san’atning turli janrlaridan tayyor nomerlami mavzu asosida tanlab, rejissyorlik uslubi orqali bir-biriga birlashtirishdir. Teatrlashtirishning bunday turi ko‘pincha teatrlashtirilgan konsertlarda qo‘llaniladi. 2. «Original» teatrlashtirish - rejissyor tomonidan rejissyorlik g‘oyasidan kelib chiqqan holda yangi badiiy obrazlarni yaratish. Teatrlashtirishning bu turi, ssenariyning hujjatli janrida keng qo‘llaniladi. Uning asosida hujjatlar inssenirovkasi yotadi.
Teatrlashtirishning bu turi epizodlarda hujjatli va badiiy materiallaming organik birlashishini talab etadi. 3.«Aralash» teatrlashtirish - bu rejissyor tomonidan teatrlashtirishning birinchi va ikkinchi turlarini qo‘llashdir. Bu turda tomoshaning bir qismi tayyor matn va nomerlardan tashkil topsa, ikkinchi qismida esa yangilari barpo qilinadi. Professor D.M. Genkin o‘z izlanishlaridan kelib chiqqan holda teatrlashtirish uslubiga, insonlami tarbiyalashda pedagogik omil sifatida qaraydi. «Teatrlashtirishni tashkil qilish teatr qonunlariga bo‘ysunadi. U yo bu dalilni, hujjatni, spektakl parchalaridagi qo‘sliiq, raqs, she’rlar, kinolavhalami «tasvirlash (illustratsiyalash) emas, balki badiiy to‘qima bilan borliqning sintezi bo‘lib, u yangi o‘ziga xos hujjatli-badiiy xatti-harakatni vujudga keltiradiki, uning pedagogik ahamiyati juda ham kattadir. Bu esa tomoshabinni ommaviy harakatga faollashtirib, berilayotgan g‘oyani qabul qilishiga yordam beradi»32. Teatrlashtirilgan ommaviy bayram va tomoshalami sahnalashtirayotgan rejissyoming vazifasi, sahnaviy obrazli yechimni, bo‘lg‘usi tadbirning «yo‘li» - rivojlanishini, ya’ni tadbirning sa’y xattiharakatini (yetakchi xatti-harakatini), shakli, muhitini va uslubini belgilovchi rejissyorcha rejadan boshlanadi. Shunday ekan, rejissyor eng avvalo o‘zi tuzgan reja asosida ssenariy yaratadi. Ssenariy yaratishda u mahalliy dramaturglar bilan hamkorlikda ish olib borishi mumkin. Lekin ko‘pchilik hollarda bunday vazifasi rejissyoming o‘zi bajaradi, chunki teatrlashtirilgan ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasi uchun 0 ‘zbekistonda maxsus dramaturglar va Oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislik yo‘nalishi yo‘q. Teatrlashtirilgan ommaviy bayram va tomoshalar rejissyorining bunday, majburan, ikkinchi vazifani bajarishini mantiqan oqlash mumkin. Chunki hali ommaviy teatrlashtirilgan tadbir ssenariysining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunadigan, professional maxsus dramaturglar juda kam. Shunday qilib rejissyorlik burchining asosiy uch qirrasini, ya’ni sahnalashtiruvchi, tarbiyachi va tashkilotchilikdan tashqari, rejissyor dramaturgga (to‘rtinchi qirra), ya’ni tadbir yaratuvchisiga, «spektakl muallifi»ga aylanadi33. Rejissyorcha rejaning paydo bo‘lishida quyidagilar asosiy sanaladi: bu tadbirning mavzusi, g‘oya va oliy maqsadi, o‘tkaziladigan joy, ijodiy kuch va materialli vositalir, hujjat va rivoyatlar, an’ana va urf-odatlar. «San’at muassasalarida dramaturgik asar (pyesa) qachon yozilganidan qat’iy nazar, lozim topilganida, zamonaviy talablarga javob beradigan boisa, uni sahnalashtirish mumkin. Ommaviy tadbir ssenariysi esa belgilangan sanaga asosan yozilib bo‘lingandan keyin darhol namoyish qilish uchun yoziladi»34. Ommaviy tadbir - deb yozadi J.Dushamov, harakatli, tomoshaviy, his-tuyg‘uli va ifodali bo‘lishi kerak. «Gapiruvchi» epizod sahnalardan iborat harakatsiz - ifodali o‘qishlar (deklamatsiya) unda qat’i man etiladi. Tadbir ramziy (simvolik) va majoziy (metaforalar), obrazli mizanssenalar, bir-birini eslatadigan o‘zaro bog‘liq tovushlar va hokazolardan iborat bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbir dialog va monologlaming o‘mini bosuvchi, audio (eshitadigan) - ko‘z bilan ko‘radigan (vizual) obrazlar sistemasidan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bu, ayniqsa, an’anaviy spektakllar namoyishiga moslashtirilmagan binolarda yoki ochiq maydonlarda tadbir sahnalashtirilganda ko‘zga yaqqol tashlanadi, chunki bunday joylarda matn umuman eshitilmaydi. Bunday vaqtlarda tomoshabinlarga faqat namoyish qilish emas, rejissyor nimadir «aytishi» zarur bo‘lsa, u jarangdor so‘zni yozuvga almashtiradi. Lekin yozilishi zarur bo‘lgan so‘zlar ba’zi hollarda butun jumlalar, faqat shu san’at turiga taaluqli bo‘lgan, o‘ziga hos vositalar orqali yoziladi, ya’ni o‘yingoh maydondagi ishtirokchilaming muayyan holatlari yoki harakatlari, rekvizitlaming bir bo‘lagi bilan, badiiy o‘ynovchi tribunadagi rangli bayroqchalar bilan, katta ekranlarda namoyish etiladigan maxsus titr (so‘zlar) bilan va hokazolar.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. F.Ahmedov. «Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari». Т.: 2008 у.
2. X.Mirpo‘latov «Ommaviy bayramlar rejissurasi» Т.: «Cho‘lpom>. 2008.
3. A.Rasulova. «Sahna nutqi». T .: 2008.
4. N.Ikromova. «Ommaviy bayramlar tarixi». T .: 2008. 8. J.Shukurov. «Ommaviy bayramlarda musiqiy bezak». Т.: 2008


Yüklə 31,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin