1-respublika abu ali ibn sino nomli jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 27,78 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü27,78 Kb.
#41463
  1   2   3   4
BOLALARDA SIYDIK HOSIL QILISH VA SIYDIK AJRATISH TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.


1-RESPUBLIKA ABU ALI IBN SINO NOMLI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI

___”-GURUH O’QUVCHIl



MUSTAQIL ISH
Mavzu: _______________

Bajardi: _______________________

Tekshirdi:______________________

BOLALARDA SIYDIK HOSIL QILISH VA SIYDIK AJRATISH TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.

TEKSHIRISH XUSUSIYATLARI

Chaqaloqlarda va ko´krak yoshidagi bolalarda buyrak dumaloq shaklda, bo'lakcha tuzilishiga egaligi hisobiga uning yuzasi g'adir - budur, u po'stloq qismining bu yoshda yetarli rivojlanmaganidan dalolat beradi. Buyraklarning bolakcha tuzilishi 2-3 yoshgacha saqlanadi. Chaqaloqlarda buyraklar uzunligi 4,2 sm, vazni -12 g. Ko´krak yoshida buyraklar o'lchami 1,5 martaga ortadi, vazni 37 gr ga yetadi.

Erta bolalik davrida buyraklar uzunligi ortacha 7,9 sm, vazni 56 g. O’smirlarda buyraklar uzunligi 10,7 sm, vazni 120 g. Chaqaloqlarda buyrak po’stloq qismining qalinligi 2 mm ga teng, maqiz qismi - 8 mm, ularning nisbati 1:4. Kattalarda postloq qismining qalinligi chaqaloqlarga nisbatan 4 martaga, maqiz qismi 2 martaga ortadi.

Buyrakning o’sishi asosan bola hayo’tining birinchi yilida kuzatiladi. 5-9 yoshlik davrida va asosan 16-19 yoshda buyraklar o'lchami po'stloq qismining rivojlanishi hisobigi ortadi, bu pubertat davri tugagunicha davom etadi; maqiz qismining o'sishi 12 yoshda to'xtaydi. Buyrak po’stloq qismi oqirligi egiluvchan kanalchalar uzunligi va kengligining ortishi va nefron chiquvchi qismining o'sishi hisobiga kattalashadi. Chaqaloqlarda buyrak jomchalari keng va ampulasimon. Buyraklar fibroz kapsulasi bola hayotining 5 yoshida aniq bilinadi, 10-14 yoshlarda xuddi kattalarnikidek bo´ladi. Chaqaloqlarda buyrak pardasi qavati yupqa, bola yoshi ulg'aygan sari sekin-asta qalinlashadi.

Buyrakning yo’g’ pardasi bolmaydi va bola hayotining birinchi yilidan keyin shakllana boshlaydi. Keyinchalik asta-sekin qalinlashishda davom etadi. 40-50 yoshda buyrak yog pardasi maksimal olchamga yetadi, keksa va qarilik yoshida yupqalashadi, ba'zida yo’qoladii.

Buyrak topografiyasi bola yoshi kattalashishi bilan buyrakning pastga tushishi hisobiga o'zgaradi. Chaqaloqlarda buyrakning yuqori qismi XII ko´krak umurt pog'onasi yuqori qismiga, ko'krak yoshida (1 yoshgacha) esa XII ko´krak umurtqa pog’onasi tanasining o'rta qismiga togri keladi. Chaqaloqlarda buyrakning pastki qismi IV bel umurtqasiga togri keladi, 1 yoshda 1/2 umurtqaga yuqori, bu umurtqa pog’onasining tez o'sishi bilan bog’liq. 5-7 yoshdan keyin buyraklarning umurtqa pog’onasiga nisbatan joylashuvi kattalarnikiga yaqinlashadi.

Chaqaloqlarda ikkala buyrak yuqori chegara sohasi va old medial yuzasi (buyrak darvozasigacha) buyrak usti beziga tegib turadi. O’ng buyrakka jigar, ko'r ichak va chuvalchangsimon o'simta ham tegib turadi. Chap buyrakka qora taloqning unchalik katta bo'lmagan qismi tutashadi; darvozadan medial tomonda oshqozon osti bezining dumi joylashgan. Bolalarda ikkala buyrak ko'ndalang kesimi 3-4 yoshgacha umurtqa poqonaga parallel o'tadi, buyrak darvozalari bir oz oldinga qaragan bo´ladi. 5-6 yoshda ko'ndalang kesimi egilgan yonalishga ega bo´ladi. Odam tanasi o'sishi bilan buyraklar holati va uning arteriya va venalarining uzunligi nisbatan o'zgaradi. Chaqaloqlarda "buyrak oyoqlari" nisbatan uzun, tomirlar qiyshiq joylashgan: buyrak arteriyasi boshlanishi va venaning quyilish joyi buyrak darvozasidan yuqori joylashgan. Keyinchalik "buyrak oyoqlari" gorizontal xolatni egallaydi, 50 yoshdan keyin buyrakni birmuncha pastga tushishi hisobiga "buyrak oyoqlari" uzunligi kattalashadi va u pastga yo’nalgan bo´ladi.

Chaqaloqlarda siydik nayi egilgan yolakchaga ega. Siydik nayining uzunligi 5-7 sm. 4 yoshga kelib, uning uzunligi 15 smgacha kattalashadi. Mushak qobig'i erta yoshdagi bolalarda kuchsiz rivojlangan. Siydik qopi chaqaloqlarda ovalsimon, bola hayo’tining birinchi yilida noksimon shaklga ega bo´ladi. Ikkinchi bolalik davrida (8-12 yosh) siydik qopi tuxumsimon, osmir yoshda esa kattalarnikidek ko’rinishga ega bo´ladi.

Chaqaloqlarda siydik qopining xajmi 50-80 kub sm. 5 yoshda 180 ml siydikni, 12 yoshdan keyin 250 ml siydikni saqlaydi. Chaqaloqlarda siydik qopining tubi shakllanmagan, siydik qopi uchburchagi frontal joylashgan va qop orqa devorining bir qismi hisoblanadi. Siydik qopi devoridagi sirkulyar mushak qavati yaxshi rivojlanmagan, shilliq qavati yaxshi rivojlangan, burmalar yaqqol korinadi.




Yüklə 27,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin