Xabarchi: Xon shart qo’ymush. Agar egachingiz Honzodabegimni bermasangiz qamaldan chiqarmas.
Bobur: Yo’q… yo’q, hech qachon!
Xabarchi: Shaybonixon baribir Samarqandni oladi ana undan keyin kuch bilan bo’lsa ham maqsadiga erishadi. Honzodabegim hamma shartni eshitdilar va xonning shartiga ko’ndilar.(Honzodabegim sahnaga kiradi)
Bobur: Honzodabegim siz Shayboniyxonning taklifiga ko’ndingizmi? Shu gap rostmi?
Honzodabegim: Ha.. Rozi bo’lmay ne ilojim bor..? Ne qilay peshonam shu ekan. Yolg’izlik qismatimda baribir bor. Chunki ming ko’ngil qo’ygan odamni taqdir menga ravo ko’rmadi.
Bobur: Nima..? Kim u..? Nechun menga aytmagansiz? Kim..?
Honzodabegim: Mavlono Fazliddin. Aytishga andisha qilgan edim. Biroq shartiga rozi bo’lmasam u sizlarni sog’ chiqarib yubormas.
Bobur: Rizo bo’lmang opajonim.
Hondozabegim: yo’q..yo’q. Honning yeti ming askari bor. Ular xozir Samarqand darvzasini poylab turibti. O’zi abgor bo’lgan yuz nafar askaringiz bilan qamaldan chiqib keta olmaysiz.
Bobur: Chiqib ketolmasak birga jon bergaymiz! Sharmanda bo’lib qutulgandan ko’ra, o’lim avfzalku…Lekin men sizni o’zim uchun qurbon qila olmayman.
Honzodabegim: Bo’ldi bas! Siz emas men o’zim o’z xohishim bilan. Gap tamom! Endi Mavlono Fazliddin bilan vidolashing.
6-sahna T. hokimi: Shayboniyxon elchisini qabul qilishimiz kerak.
Bobur: Siz uchun Shayboniyxon yuz chandon xatarliroq hazratim. Mana mana Shayboniyxon butun Movounaxrni Xurosonni, Eronni egallamoqchi. U Iskandardek Butun mamlakatlarni zabt etib, musulmonlarga diniy rahbar, xalifai zamon bo’lmoqchi.
T. hokimi: Yo’q…yo’q shahzodam yo’q Shayboniyxon bizga yurush qilmoqchi emas. Mana mana elchining aytishi bo’yicha u bizni chetlab o’tib Xurosonni keyin esa Eronni egallamoqchi.
Bobur: Bu hammasi sizni g’aflatda qoldirish uchun keltirilgan yolg’on dalillar. Qaysi fotix avval Toshkent bilan Farg’onani egallamasdan turib, Xuroson bilan Eronni egallamoqchi bo’lgan. Mana qarang axir butun Movorounaxr Farg’ona, Samarqand, Toshkentni kuchiga tayanmasdan turib, Xuroson bilan Eronga yurish qilish bu bir axmoqlikku.. Buni Shayboniyxon bilmaydi deysizmi?
T. hokimi: xo’sh… xo’sh…xo’sh. Shayboniyxon bizga yurish qilsa, biz ne qilmog’imiz kerak Mirzo?
Bobur:Shayboniyxonga qarshi turgan barcha kuchlarni to’plab, ittifoq tuzmog’imiz lozim.