T. hokimi: Eee ha, siz bilan ittifoq tuzaylik bo’lmasam.
Bobur:Faqat biz bilan emas, mana kichik xon-tog’amiz Xonachaxon xazratlari ham borku.
T. hokimi: Bor Xonachaxon bilan mening lashkarim birlashsa 30 ming bo’lur keyin biz sizni Abror bo’lgan xaligi ochlikdan sillasi qurigan 250ta askaringiz bilan
Bobur: Ammo men mag’lubiyat azobini chekishdan oldin, g’alaba sharobini ham tortganman.
T. hokimi: Demak siz iloji bo’lsa yana olishmoqchisiz.
Bobur:Ha men yana olishmoqchiman, chunki Shayboniyxon bosib olgan o’lkalarda birorta hayirli ish qilmagan. Menga aytingchi u bosib olgan o’lkalarda bog’lar barpo qilganmi, binolar qurganmi. Yo’q! Ularni talashdan vayron qilishdan nariga o’tmagan. Shuning uchun ham meni u bilan urushishga haqqim bor. Chunki birida yengilgan bo’lsam, birida albatda yeqitgan.
T. hokimi: Bu rost. Agar og’a ini ikkovimizning 30 ming qo’shinimizga sizni sarkarda qilib qo’ysak, siz istedodli sarkardasiz. Shuning uchun yengib chiqishingiz mumkin.
Bobur: Yengib chiqaman! 2x
T. hokimi: Unda odamlar meninge mas sizni va istedodingizni qo’llaydi. Keyin siz Toshkentni tortib olishga ham haqli bo’lasiz.
Bobur: Meni birdan bir niyatim mana shu urushlardan vayron bo’lgan yurtimizni bu qirg’in barotlardan ozod etib, obod qilish.
T. hokimi: O’zingizni bosing. Qo’ying bu gaplarni, qo’ying… Shu egachingizni Shayboniyxon qaramiga topshirganingiz (ozmi 2x) Bu ishingiz uyatli bo’ldi, farzandingizni bekorga nobut bo’lganichi? Meni qizim rafiqangiz Oyshabegimni (tun-u 2x) kun ko’z yosh to’kishichi, bu ishingizdan barchamiz malomatga qoldik(malomatga qoldik).
Bobur: Davron meni boshimga toj kiydirgan edi, endi bu toj o’rnida tana toshlari…. To’ydim! Endi borsa kelmas bo’lib bosh olib ketishdan boshqa iloj qolmadi.
T.hokimi:Unday demang, unday demang. Siz bizni ming bir aziz mehmonimizsiz, kuyovimizsiz.
7-sahna