1. Salaka (Clupea harengas membras Linnaeus) Chipor dóngpeshona



Yüklə 6,69 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü6,69 Kb.
#184774
Amaliy4

Berdaq nomidagi QQDU Biologiya fakulteti “Umumiy biologiya va fiziologiya’’kafedrasi 4B_Biologiya talabasi Pulatova Nafisa

Mavzu: Qoraqalpoǵiston ixtiofaunasiga chetdan kelgan baliqlarga tavsifnoma

Reja:

1.Salaka (Clupea harengas membras Linnaeus)

2.Chipor dóngpeshona (Aristichthys nobilis Richardson, 1846)

3.Qora amur (Mylopharyngodon piceus Richardson., 1846)

hipor

4. Kózli taxirbaliq (Rhodeus ocellatus Kner.)

5.Aterina (Atherina boyeri R., 1826)

6.Daryo kambalası (Plathichtys flesus luscus Pallas.)

Salaka (Clupea harengas membras Linnaeus)

Uning uzunligi 30 sm gacha, oǵirligi esa 225 g gacha boradi. Orol dengizida kópayishi aprel`-may oylariga tóǵri kelgan. Uvuldiriqlarini qattiq (grunt) erlarga sochadi. Ularda holsiz tishlar bólib, suv umurtqasizlari va baliq chavoqlari bilan ovqatlanadi.

Tarqalishi: 1954-1956 yillarda Boltiq dengizidan Orol dengiziga uruǵlangan uvuldiriǵi olib kelingan. 1957 yilda Orol dengizida salakalar kópayib, turli qismlarida uchray boshladi. Orol dengizida ekologik fojianing kuchayishi tufayli salakalar yóqola boshladi. Hozirgi vaqtda Qozoǵiston hududidagi kichik dengizda qolgan.


Salaka

Chipor dóngpeshona (Aristichthys nobilis Richardson, 1846)

Bu baliq oddiy dóng peshonaga óxshash, biroq boshi katta va uzunchoq kókrak suzgichiga ega. Bu yirik, tez ósuvchi, issiq sevar baliq bólib, u Xitoy daryolarida, Amur havzalarida uchraydi. Katta chipor dóngpeshonaning oziqlanishida ósimliklar bilan bir qatorda zooplankton ham muhim órin egallaydi. Chipor dóng peshona besh yoshida oǵirligi 10 kg bólganda jinsiy voyaga etadi. Ikki tur dóng peshona baliqlarning uvuldiriq va lichinkalarining rivojlanishi bir-biriga juda óxshash, ularni faqat rivojlanishning sóngi bosqichlaridagina ajratish mumkin. Dóng peshona baliqlarning ikki turi ham oson chatishadi. Chipor dóng peshona asosiy ovlash ob`ekti, shuning uchun uni baliqchilik xójaligida urchitish kózda tutilmokda. Shirin góshti uchun asosiy ovlash ob`ekti. Oq dóng peshona bilan gibrid paydo etadi.

Tarqalishi: 1961 yil Ózbekistonga Xitoydan olib kelindi. Hozirgi vaqtda Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi. Oq dóng peshonaga qaraganda juda siyrak uchraydi.


Chipor do'ngpeshona

Qora amur (Mylopharyngodon piceus Richardson., 1846) hipor

Yirik, tez ósuvchi baliq, uzunligi 1 m, oǵirligi 30 kg dan ortiq keladi. Biologiyasi kam órganilgan. 6-7 yoshida tana uzunligi 65-70 sm ga etganda jinsiy etiladi. May-iyun` oylarida suvning harorati 20°S bólganda kópayadi. Kópayishi daryoda suv sathining birdan kótarilish davriga tóǵri keladi. Uvuldiriqlarini oqimli joylarga sochadi. Uvuldiriǵi suvda shishib ósadi va oqim bilan pastga qarab oqishi natijasida rivojlanadi. Agarda uvuldiriqlari oqmaydigan doimiy suvga tushib qolsa, suv ostiga chókib nobud bóladi. Mollyuskalar, qisqichbaqalar, suv hasharotlari bilan oziqlanadi.

Tarqalishi: 1960 yillarda Xitoydan Ózbekistonga olib kelingan. Hozirgi vaqtda Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida kam uchraydi.


Qora amur

Kózli taxirbaliq (Rhodeus ocellatus Kner.)

Kichik guruh bólib yuruvchi baliq. Tana uzunligi 10 sm gacha etishi mumkin. Ósimliklar yaxshi rivojlangan qóltiqlarda hayot kechiradi. 2 yoshida tana uzunlgi 4 sm ga etganda jinsiy voyaga etadi. Uvuldiriqlarini bólib-bólib sochadi. Serpushtliligi 50-276 uvuldiriqqa tóǵri keladi. etilgan uvuldiriqlar kichik bólib, suvga tushishi bilan 2,9-3,2 mm uzunlikkacha ósadi. Suv osti organizmlari, suv ótlari, detrit bilan oziqlanadi.

Tarqalishi: Tósatdan Xitoydan kelgan tur. Amudaryo va Sirdaryo basseynining tekislik suv havzalarida uchraydi.

Aterina (Atherina boyeri R., 1826)

Uzunligi taxminan 15 sm, kichik guruh bólib yuruvchi baliq. Suvning yuza qatlamida hayot kechiradi. Umrining ikkinchi yili jinsiy etiladi. Kópayish davrida qirǵoq bóyiga keladi. Uvuldiriqni bólib-bólib sochadi. Uvuldiriqlarini suv osti ósimliklariga qóyadi. Uvildriqlari ip kabi tuklarga ega bólib, shu orqali ósimlikka yopishadi. Serpushtliligi 500 ming uvuldiriqqacha etadi. Uvuldiriǵining ólchami 1,5-1,9 mm ga teng. Plankton organizmlar bilan oziqlanadi.

Tarqalishi: 1950 yillarda tósatdan Kaspiy dengizidan Orol dengiziga olib kelingan va dastlab tórga ilina boshlagan, biroq keyinchalik Orol dengizida ekologik fojeaning rivojlanishi natijasida yóqolib borgan. Hozirgi vaqtda Amudaryoning quyi oqimidagi suv havzalarida, aniqroq aytganda Sudoch`e kólida uchraydi.


Aterina

Daryo kambalası (Plathichtys flesus luscus Pallas.)

Kózi tanasining óng yon tomonida joylashgan. Suv tubida tirikchilik qiladi. 3 yoshida jinsiy etiladi. Yanvarning oxiridan boshlab, martning ikkinchi yarmigacha kópayadi. Bir yoshlilarining uzunligi 50-60 mm, ikki yoshlisi 110-120 mm, uch yoshida taxminan 170-185 mm bóladi.

Tarqalishi: 1979-yili Azov dengizidan Orol dengiziga iqlimlashtirilgan.


Daryo kambalasi
Yüklə 6,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin