3. Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik. Unumdorlikni oshirishda boshqaruvni to’g’ri tashkil etish muxim ahamiyatiiyatga ega. Tashkil etish jarayoni raxbariyat mexnat resurslari, materiallar, texnologiya, axborot va kishilarni qo’yilgan maksadga erishish uchun birlashtiruvchi vositadir. Boshqaruvni samarali tashkil etish natijasida (ya’ni, tashkiliy jarayonlar sozlanganligi) resurslardan maqbul foydalanish, ijrochilar majburiyatini taksimlashda tushunmovchilik natijasida mexnat unumdorligi pasayishini kamaytirish, bo’linmalar o’zaro ta’siri bo’zilishiga chek quyishni ta’minlaydi. To’g’ri yo’lga qo’yilgan tashkiliy jarayonlar mexnat unumdorligi ortishiga imkon beradi.
Unumdorlik boshqaruvining boshqaruv texnolgiyasi, boshqaruv ishini loyixalashtirish va boshqaruv tashkiliy tizimi kabi unsurlari bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruvning samarali texnologiyasi mexnat unumdorligiga eng ko’p ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Xozirgi paytda avtomatlashgan zavodlar, robot texnikasi, loyixalashtirishning avtomatlashgan tizimini kullovchi amerikalik va Yaponiya ishlab chiqaruvchilari bozorning katta qismini egallab olmoqdalar, chunki yuqori sifatli maxsulotni rakobatdoshlariga nisbatan arzon narxda sotadilar.
Idora ishiga kompyuter texnologiyasini joriy qilish mexnat unumdorligi ortishida boshqa omillarga nisbatan ko’prok ahamiyatiiyatga ega. Lekin, ilg’or texnologiya xar doim xam mexnat unumdorligi ortishiga olib kelmaydi. Bunday texnologiya afzalliklari unga ishlovchilarning salbiy munosabati tufayli namoyon bulmasligi mumkin. Texnologiya darxaqiqat unumdorlik ortishiga olib kelishi uchun raxbariyat texnologiya talablari uni kullovchi kishilar manfaatlariga to’g’ri kelishini ta’minlashi kerak.
Boshqaruvning tashkiliy tarkibi raxbriyat va barcha darajada unga buysunuvchi xamda korxonaning asosiy tarkibiy bo’linmalari urtasidagi o’zaro munosabatni belgilaydi. Tarkib unumdorlikk ma’muriy-boshqaruv soniga bo’lgan nisbati orqali bevosita ta’sir etadi. Agar korxona o’z faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmay boshqaruvchilar sonini kiskartirsa, unumdorlik yuqori bo’ladi. Tashkilot tarkibi uncha yakkol namoyon bulmaydigan yo’l bilan xam unumdorlikka ta’sir kiladi. Masalan, mutaxassis va olimlar yuqoridan kat’iy berilgan buyruqka salbiy munosabatda bo’ladilar. Bunda ular o’z mexnati natijasidan konikmaydilar va ular mexnati uncha unumli bulmaydi. Ijodiy yondashuvni talab etuvchi tarkibga ega tashkilotlar rakobat rakobat kurashida kengrok imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Jaxon bozoriga o’z vaqtida masalan, zamonaviy kompyutr bilan ish olib borish bu daromadlarni keskin ko’paytirish va unumdorlikni oshirish demakdir. Kichik korxona ba’zan yirik korxonaga nisbatanmasaralirok bo’ladi. Korxona samarali ishlashi uchun biror vazifani bajarish biror aniq kishi yoki bo’linmaga topshirilishi va unga mos vakolatlar berilishi lozimligi tajribadan ma’lum. Unumdorlikni javob beruvchi biror shaxs yoki guruxga berilgan vakolat doirasiga mablaglarni sarf qilish xuquqi xam kirishi kerak.