7-savol: Maxsus psixologiya nimani o‘rganadi? Javob: Normal psixik rivojlanmagan tug‘ma yoki keyinchalik orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta'siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot qilish sohasi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 24-bet
8-savol: Siyosiy psixologiya nimani o‘rganadi? Javob: Jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir o‘tkazish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Manba:Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 26-bet
9-savol: Oila psixologiyasi nimani o‘rganadi? Javob: Oilaning psixologiyasini o‘rganuvchi fanlararo tadqiqot qilishga yo‘nalgan psixologiya sohasi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 26-bet
10-savol: Parapsixologiya nimani o‘rganadi? Javob: Hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqa-ridagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi. Ekstrasensorika-o‘ta sezuvchanlik, telepatiya-fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va hokazo. Parapsixologiyaga nis-batan qiziqish qadimdan mavjud bo‘lib, unga nisbatan ixlos to hozir-gi kungacha kamaygani yo‘q, goho uni psixotronika deb ham atashadi. Xiromantiya-qo‘l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning takdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha. Spritizm - o‘lgan odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o‘rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va biz bilan muloqotga muhtoj degan g‘oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohasi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 27-bet
11-savol: Umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari qaysilar? Javob:Determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi.