1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari



Yüklə 138,67 Kb.
səhifə21/40
tarix03.02.2023
ölçüsü138,67 Kb.
#82617
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
22 ta savol to\'liq

Tayanch iboralar: foydalanishni boshqarish, foydalanishni diskretsion 
boshqarish usuli (Discretionary access control, DAC), foydalanishni mandatli 
boshqarish usuli (Mandatory access control, MAC), foydalanishni rollarga 
asoslangan boshqarish usuli (Role-based access control, RBAC), foydalanishni 
atributlarga asoslangan boshqarish usuli (Attribute-based access control, ABAC), 
foydalanishni boshqarish matritsasi, ACL yoki C-list. 
Foydalanishni boshqarish. Avtorizatsiya foydalanishlami nazoratlashning 
autentifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar harakatlarini cheklash qismi bo‘lib, 
aksariyat hollarda foydalanishni boshqarish modellari yordamida amalga oshiriladi. 
Foydalanishni boshqarish subyektning obyektga yo‘naltirilgan faollik manbai 
imkoniyatini aniqlashdir. Umumiy holda foydalanishni boshqarish quyidagi sxema 
orqali tavsiflanadi (11.1-rasm): 
11.1-rasm. Foydalanishni boshqarish sxemasi 
Hozirda tizimlarda obyektlardan foydalanishni boshqarishning quyidagi 
usullari keng tarqalgan:

foydalanishni diskretsion boshqarish usuli (Discretionary access control, 
DAC);

foydalanishni mandatli boshqarish usuli (Mandatory access control, MAC); 


foydalanishni rollarga asoslangan boshqarish usuli (Rolebased access control, 


RBAC); 

foydalanishni atributlarga asoslangan boshqarish usuli (Attribute-based 
access control, ABAC). 
Tizimda ushbu usullaming bir-biridan alohida-alohida foydalanilishi talab 
etilmaydi, ya’ni ulaming kombinatsiyasidan ham foydalanish mumkin.
Foydalanishni boshqarishning DAC usuli. Foydalanishni boshqarishning 
mazkur usuli tizimdagi shaxsiy aktivlami himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bunga 
ko‘ra obyekt egasining o‘zi undan foydalanish huquqi va foydalanish turini 
belgilaydi.
DAC da subyektlar tomonidan obyektlami boshqarish subyektlaming 
identifikatsiya axborotiga asoslanadi. Masalan, UNIX operatsion tizimida fayllami 
himoyalashda, fayl egasi qolganlarga o ‘qish (read, r), yozish (write, w) va bajarish 
(execute, x) amallaridan bir yoki bir nechtasini berishi mumkin. Umumiy holda 
DAC usuli aksariyat operatsion tizimlarda foydalanishlami boshqarishda 
foydalaniladi. 
Masalan, 11.2-rasmda DAC usulini Windows OTlarida foydalanish holati 
keltirilgan. 
11.2-rasm. Windosw OT da DACdan foydalanish 
Biroq, DACning jiddiy xavfsizlik muammosi - ma’lumotlardan foydalanish 
huquqiga ega bo‘lmagan subyektlar tomonidan foydalanilmasligi to‘liq 
kafolatlanmaganligi. Bu holat ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan 
biror bir foydalanuvchining ma’lumot egasining ruxsatisiz foydalanish huquqiga ega 

bo‘lmagan foydalanuvchilarga yuborish imkoniyati mavjudligida namoyon bo‘ladi. 


Bundan tashqari, DACning yana bir kamchiligi tizimdagi barcha obyektlar ulardan 
foydalanishni belgilaydigan suyektlarga tegishli ekanligi. Amalda esa, tizimdagi 
barcha ma’lumotlar shaxslarga tegishli bo‘lmay, balki butun tizimga tegishli bo‘ladi. 
Bularga yaqqol misol sifatida axborot tizimini keltirish mumkin. 
DACning klassik tizimida, dastlab obyekt hech kimga biriktirilmagan bo‘lsa, 
“yopiq” obyekt deb ataladi. Agar obyekt foydalanuvchiga biriktirilgan va ulardan 
foydalanish bo‘yicha cheklovlar o‘matilgan bo‘lsa, “ochiq” obyekt deb ataladi.

Yüklə 138,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin