Razvedka hujumlari. Razvedka hujumlari asosiy hujumni oson amalga
oshirish maqsadida tashkilot va tarmoq haqidagi axborotni to‘playdi va bu
hujumchilarga mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaifliklarni aniqlash imkonini
beradi.
Razvedka hujumining asosiy maqsadi quyidagi toifaga tegishli ma’lumotlarni
yig‘ish hisoblanadi:
- tarmoq haqidagi;
- tizim haqidagi;
- tashkilot haqidagi.
Razvedka hujumlarining quyidagi turlari mavjud:
Aktiv razvedka hujumlari. Aktiv razvedka hujumlari asosan portlarni va
operaesion tizimni skanerlashni maqsad qiladi. Buning uchun, hujumchi maxsus
dasturiy vositalardan foydalangan holda, turli paketlarni yuboradi. Masalan, maxsus
dasturiy vosita router va 137 tarmoqlararo ekranga boruvchi barcha IP manzillarni
to‘plashga yordam beradi.
Passiv razvedka hujumlari. Passiv razvedka hujumlari trafik orqali axborotni
to‘plashga harakat qiladi. Buning uchun hujumchi sniffer deb nomlanuvchi dasturiy
vositadan foydalanadi. Bundan tashqari, hujumchi ko‘plab vositalardan foydalanishi
mumkin.
Kirish hujumlari. Mo‘ljaldagi tarmoq haqida yetarlicha axborot
to‘planganidan so‘ng, hujumchi turli texnologiyalardan foydalangan holda tarmoqqa
kirishga harakat qiladi. Ya’ni, tizim yoki tarmoqni boshqarishga harakat qiladi. Bu
turdagi hujumlar kirish hujumlari deb ataladi. Bularga ruxsatsiz foydalanish, qo‘pol
kuch hujumi, imtiyozni orttirish, o‘rtada turgan odam hujumi va boshqalarni misol
sifatida keltirish mumkin.
Parolga qaratilgan hujumlar. Parolga qaratilgan hujumlar nishondagi
kompyuter tizimi uchun nazoratni qo‘lga kiritish yoki ruxsatsiz foydalanish
maqsadida amalga oshiriladi. Parolga qaratilgan hujumlar maxfiy kattaliklarni
o‘g‘irlashni maqsad qiladi. Buning uchun turli usul va vositalardan foydalaniladi.
Keng tarqalgan hujumlarga quyidagilar misol bo‘la oladi:
lug‘atga asoslangan hujum;
qo‘pol kuch hujumi yoki barcha variantlarni to‘liq tanlash hujumi;
gibrid hujum (lug‘atga va qo‘pol kuch hujumlariga asoslangan);
Rainbow jadvali hujumlari (oldindan hisoblangan keng tarqalgan
parollarning xesh qiymatlari saqlanuvchi jadvallar).
O‘rtada turgan odam hujumi. O‘rtada turgan odam (Man in the middle attack,
MITM) hujumida hujumchi o‘matilgan aloqaga suqilib kiradi va aloqani uzadi.
Bunda nafaqat tomonlar o‘rtasida almashinadigan ma’lumotlarga, balki, soxta
xabarlarni ham yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi. MITM hujumi yordamida
hujumchi real vaqt rejimidagi aloqani, so‘zlashuvlarni yoki ma’lumotlar almashinuv
jarayonini boshqarishi mumkin.