1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari



Yüklə 138,67 Kb.
səhifə28/40
tarix03.02.2023
ölçüsü138,67 Kb.
#82617
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
22 ta savol to\'liq

Razvedka hujumlari. Razvedka hujumlari asosiy hujumni oson amalga 
oshirish maqsadida tashkilot va tarmoq haqidagi axborotni to‘playdi va bu 
hujumchilarga mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaifliklarni aniqlash imkonini 
beradi. 
Razvedka hujumining asosiy maqsadi quyidagi toifaga tegishli ma’lumotlarni 
yig‘ish hisoblanadi: 
- tarmoq haqidagi; 

- tizim haqidagi; 


- tashkilot haqidagi.
Razvedka hujumlarining quyidagi turlari mavjud: 
Aktiv razvedka hujumlari. Aktiv razvedka hujumlari asosan portlarni va 
operaesion tizimni skanerlashni maqsad qiladi. Buning uchun, hujumchi maxsus 
dasturiy vositalardan foydalangan holda, turli paketlarni yuboradi. Masalan, maxsus 
dasturiy vosita router va 137 tarmoqlararo ekranga boruvchi barcha IP manzillarni 
to‘plashga yordam beradi. 
Passiv razvedka hujumlari. Passiv razvedka hujumlari trafik orqali axborotni 
to‘plashga harakat qiladi. Buning uchun hujumchi sniffer deb nomlanuvchi dasturiy 
vositadan foydalanadi. Bundan tashqari, hujumchi ko‘plab vositalardan foydalanishi 
mumkin.
Kirish hujumlari. Mo‘ljaldagi tarmoq haqida yetarlicha axborot 
to‘planganidan so‘ng, hujumchi turli texnologiyalardan foydalangan holda tarmoqqa 
kirishga harakat qiladi. Ya’ni, tizim yoki tarmoqni boshqarishga harakat qiladi. Bu 
turdagi hujumlar kirish hujumlari deb ataladi. Bularga ruxsatsiz foydalanish, qo‘pol 
kuch hujumi, imtiyozni orttirish, o‘rtada turgan odam hujumi va boshqalarni misol 
sifatida keltirish mumkin. 
Parolga qaratilgan hujumlar. Parolga qaratilgan hujumlar nishondagi 
kompyuter tizimi uchun nazoratni qo‘lga kiritish yoki ruxsatsiz foydalanish 
maqsadida amalga oshiriladi. Parolga qaratilgan hujumlar maxfiy kattaliklarni 
o‘g‘irlashni maqsad qiladi. Buning uchun turli usul va vositalardan foydalaniladi. 
Keng tarqalgan hujumlarga quyidagilar misol bo‘la oladi: 
 lug‘atga asoslangan hujum;
 qo‘pol kuch hujumi yoki barcha variantlarni to‘liq tanlash hujumi;
 gibrid hujum (lug‘atga va qo‘pol kuch hujumlariga asoslangan); 
 Rainbow jadvali hujumlari (oldindan hisoblangan keng tarqalgan 
parollarning xesh qiymatlari saqlanuvchi jadvallar).
O‘rtada turgan odam hujumi. O‘rtada turgan odam (Man in the middle attack, 
MITM) hujumida hujumchi o‘matilgan aloqaga suqilib kiradi va aloqani uzadi. 
Bunda nafaqat tomonlar o‘rtasida almashinadigan ma’lumotlarga, balki, soxta 
xabarlarni ham yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi. MITM hujumi yordamida 
hujumchi real vaqt rejimidagi aloqani, so‘zlashuvlarni yoki ma’lumotlar almashinuv 
jarayonini boshqarishi mumkin.

Yüklə 138,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin