Aqliy hujum. Titrimetrik tahlil. Titrimetrik tahlil nima?
Javob: Titrimetrik analiz berilgan aniqlanuvchi modda bilan bo'lgan reaksiyaga sarflangan reagentning hajmini o'lchashga asoslangan usuldir
Ekvivalent nuqta nima?
Javob:Aniqlanuvchi modda miqdoriga titrantning miqdori ekvivalent boʻlganda titrlash to'xtatiladi, mana shu paytga to'g'ri keladigan nuqta ekvivalentlik nuqtasi deb ataladi.
Titrlashning oxirgi nuqtasi deb nimaga aytiladi?
Javob: Agar ekvivalentlik nuqtasi indikator rangining o'zgarishi yordamida aniqlansa, bu vaqtdagi titrlashni to'xtatish nuqtasiga titrlashning oxirgi nuqtasi deb aytiladi.
Titrimetrik analiz qoʻllaniladigan reaksiyalarning turlari bo'yicha necha turga bo'linadi?
Javob:4 ga
Ekvivalent nuqtani aniqlashda qanday usullardan foydalaniladi?
Javob: vizual usul,konduktometriya, potensiometriya, amperometriya, fotometriya, radiometriya.
Vizual usul qanday turga bo'linadi?
Javob: radioaktivlikning oʻzgarishi
Bilvosita titrlash qanday amalga oshiriladi?
Javob: Bilvosita titrlashning bir necha ko'rinishlari mavjud. Hosil boʻlgan C moddani titrlashda aniqlanuvchi A modda eritmasiga biror B reagent qo'shiladi, natijada yangi C' modda hosil bo'ladi. Ana shu hosil bo'lgan C moddani asosiy titrant bilan titrlab, aniqlanuvchi moddaning miqdori baholanadi.
Teskari titrlash qanday amalga oshiriladi?
Javob:aniqlanuvchi A moddaning ma'lum hajmli eritmasiga aniq konsentratsiyali B reagent eritmasidan mo'l miqdor qo'shiladi va uning ortiqcha miqdori boshqa biror A' titrant bilan titrlanadi. Shu asosda aniqlanuvchi moddaning miqdori topiladi.
Titrimetrik tahlil namuna olish tarkibiga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi?
Javob: Titrimetrik analiz titrlash uchun namuna olish tartibiga ko'ra pipetkalash va ayrim namunalar usullariga boʻlinadi
Pipetkalash usuliga ta'rif bering.
Javob: saqlanganda o'z titrini (konsentratsiyasini) o'zgartirmaydigan, barqaror moddalarning eritmalaridan namunalar olish uchun ishlatiladi. Bunda namuna ma'lum hajmli pipetka yordamida olinadi. Olingan bu namuna alikvot qism deb yuritiladi
Ayrim namunalar usuliga ta'rif bering.
Javob: yengil uchuvchan, tez parchalanadigan, beqaror moddalardan namuna olish uchun ishlatiladi. Bu usulda namuna olish uchun maxsus shisha pufaklardan foydalaniladi.
Titrimetrik tahlilda qanday eritmalardan foydalaniladi?
Javob: Ishchi hamda standart eritmalardan foydalaniladi.
Standart eritmalar qanday guruhlarga bo'linadi?
Javob: birlamchi , ikkilamchi, fiksanal
Qaysi standart eritma eng qulay eritma hisoblanadi?
Javob: fiksanal.
Birlamchi standartlar deb nimaga aytiladi?
Javob: kristall tuzilishiga ega bo'lgan, muayyan kimyoviy formulaga javob beradigan; kimyoviy tarkibi formulasiga mos keladigan; tarkibida begona moddalar bo'lmagan; agar begona moddalari bo'lsa, uni begona moddalardan tozalashning yengil usuli bo'lgan; gigroskopik bo'lmagan, lekin tanlangan erituvchida yaxshi eriydigan; saqlaganda oʻz titrini o'zgartirmaydigan, barqaror; ekvivalentining molyar massasi imkoni boricha katta bo'lgan moddalarga aytiladi