Harakatlarning umumiy moslashuvi. Ikki zarbli krol. Ikki zarbli krol usulida ikkita navbatma-navbat qo‘l harakatiga ikkita ketma-ket oyoq harakati to‘g‘ri keladi. O‘ng qo‘l ushlashni tugatishi bilan, chap oyoq zarbni tugatadi, tortishning boshlanish davri suv yuzasining 36 daraja burchak ostida bo‘ladi. Navbatdagi chap qo‘l tayyorgarlik harakatining o‘rtasiga, ya’ni olib o‘tish holatiga to‘g‘ri keladi. Ikki zarbli krolda qo‘llar harakati kuchli va harakatchan, harakat tempi yuqori maromda bajariladi.
To‘rt zarbli krol. To‘rt zarbli krolda ikkita navbatma-navbat qo‘l harakatiga to‘rtta ketma-ket oyoq harakati to‘g‘ri keladi. Chap oyoq zarbni tugallash vaqtida o‘ng qo‘l 20 daraja burchak ostida eshishni boshlaydi, chap qo‘l itarilish fazasida harakatlanadi.
Ikkinchi zarb (o‘ng oyoq) qo‘l harakati suv yuzasining 90–95 daraja burchak ostidagi holatda tugallanadi.
Uchinchi zarb chap qo‘l 20 daraja suv yuzasida ushlash vaqtida chap oyoq harakatni tugallaydi, bu vaqt o‘ng qo‘l depsinish fazasini
Ushbu natija FINA tomonidan birinchi jahon ko‘rsatkichi deb tan olingan. Ko‘krakda krol usulining «avstraliya» varianti Yevropa va Amerika suzuvchilari orasida tez tarqalgan.Bu usul texnikasi tobora takomillashib bordi, natijada olti zarbli krol usuli texnikasi yuzaga keldi.
Oltizarbli krol texnikasining muallifi afsonaviy amerikalik suzuvchi Dj. Veysmyuller edi. Uni shu usul «professori» deb ataganlar. D.Veysmyuller 1924 va 1928-yillardagi olimpiada o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. U birinchi krolchi bo‘lgan va 100 m masofani krol usulida 1 daqiqadan kam vaqtga, 400 m masofani 5 daqiqada suzib o‘tgan.
1968-yil Mexiko Olimpiada o‘yinlarida g‘oliblar dasturni barcha nomerla-rida ikki va to‘rtzarbli texnika variantini qo‘lladilar. Keyingi yillarda kuchli suzuvchilar amalda ikki va to‘rt va oltizarbli krol usulini qo‘llay boshladilar.
Gavda holati. Tana suvda gorizontal, cho‘zilgan, nisbatan tik, oquvchan holatda bo‘ladi, hujum burchagi 3–5 daraja. Bosh gavdaning bo‘ylama o‘qiga mos ushlanadi. Yuza suvga tushirilgan, peshona suvga botgan, ko‘rinish to‘g‘riga-pastga yo‘naltirilgan.
Oyoqharakati.Oyoq harakati navbatma-navbat bajariladi. Harakat yo‘nalishi: yuqoridan–pastga va pastdan–yuqoriga. Pastdan yuqoriga–tayyorgarlik harakati, yuqoridan pastga–ishchi harakat.