Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o’rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruxni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o’rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning xar bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o’rinni egallaydi. O’quvchining jamoadagi o’rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo’lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko’zga ko’ringan o’rinni egallagan xoldagina u chinakam jamoa bo’la oladi. Shuningdek, norasmiy guruxlar (mikroguruxlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruxlar bo’lgandagina jamoa o’zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Shunday qilib, jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat gurux bo’lib, u ijtimoiy axamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo’yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a’zolari o’rtasida qaror topgan o’zaro birlik, shuningdek, ular o’rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga raxbarlik qilish, jamoa a’zolarining gurux yetakchilariga bo’ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik xissini anglashlari uchun zamin yaratadi.