1. shartli va shartsiz reflekslar odam hamda hayvon organizmi uchun qanday ahamiyatga ega?



Yüklə 21,47 Kb.
səhifə4/5
tarix04.04.2023
ölçüsü21,47 Kb.
#93356
1   2   3   4   5
gulmira faoliyat

Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, gurux) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy axamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruxi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, ho’jalik jamosi va xokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan gurux tushuniladi. Chunonchi, o’quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi ro’l o’ynashi tug’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayok bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin xar qanday guruxni xam jamoa deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi xisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha meyorlari o’z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo’lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o’zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Shu bois jamoa xayotining aniq (yagona) maqsadga karatilganligi va ijtimoiy-g’oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo’ladi. Muayyan jamoaning xar bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o’z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o’rni va rolini to’g’ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o’rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo’linishga yo’l qo’ymaydi.
Har bir jamoa o’z-o’zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog’lanadi. Ijtimoiy jamiyat extiyojini qondirishga yo’naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim hususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g’oyaviy yo’nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o’z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruxining yagona ijtimoiy tizimini o’rnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi.
Pedagogik jixatdan maqsadga muvofik tashkil etilgan jamoa, hususan, uning a’zolari o’rtasida o’zaro ruxiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun g’amxo’rlik, o’zaro yordam, jamoa manfaati uchun qayg’urish, mazkur yo’lda amaliy xarakatlarni tashkil etish xamda javobgarlik hissi qaror topadi.
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat xissini uyg’ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik xissini paydo bo’lishiga ko’maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo’lish extiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o’zaro xissiy birlik (bir-birini yoqtirish xissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko’pincha o’z-o’zidan paydo bo’ladi hamda ular o’qituvchilik ta’sir ko’rsatish uchun qul keladi. Jamoa a’zolari o’rtasidagi ruxiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo’lgan ishchanlik faoliyatining harakteriga bevosita bog’likdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (xissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko’rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy jixatlari ko’zda tutiladi. Mazkur jixat bir tomondan jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining hatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo’lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati moxiyatini yoritishga xizmat kiladi

Yüklə 21,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin