1 shavkat zokirov


Islohotlar yillarda ichki siyosiy rivojlanish va tashqi siyosat



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/41
tarix23.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#89369
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Islohotlar yillarda ichki siyosiy rivojlanish va tashqi siyosat. 
Xitoy rahbariyati sobiq ittifoqdagidan farqli ravishda islohotlarni amalga oshirish 
jarayonida siyosiy tizimni buzib oborishni chetlab o'tishga e'tiborni qaratildi. 
XKP jamiyatda ilgarigi rahbarlik rolini saqlab qoldi. SHunga qaramay siyosiy 
qatag'on qurbonlarini asta-sekin oqlash jarayonlari boshlandi. Siyosiy qatag'onlarni 
sodir etilishidagi ayblar Lin Byao va “Turklar to'dasi zimmasiga qo'yildiki, Mao 
TSzedun esa ilgarigidek jiddiy tanqiddan tashqarida qoldirildi.
Xitoy jamiyati tarqqiyotining yangi bosqichda ham hokimiyatning yuqori 
pog'onalaridagi kurash davom etdi. 1980 yillarning boshlarida Xua G'ofen va uning 
bir qator maslakdoshlari rahbarlikdagi yetakchi lavozimlarini yo'qotdilar. Hokimiyat 
uzil-kesil Den Syaonin va uning tarafdorlari qo'lida to'plandi. XKP Markaziy 
qo'mitasining bosh kotibi lavozimi tiklanib, bu lavozimga Xu YAoban tayinlandi.
Xua Gofen bosh vazir (Davlat Kengashi presera) lavozimini CHjao TSziyan egalladi. 
Ularning ikkalasi ham bu lavozimlarga Den Syaonin tomonidan tavsiya etildilar, zero 
ular ham “madaniy inqilob” davrida realistik yo'l tarafdori bo'lganliklari uchun 
qatag'on qilingan edilar. 
Den Syaoninning o'zi XXR Harbiy Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi. (1982 yil 
kuzida bo'lgan XKP XII s'ezdida) va bir qator yirik lavozimlarni egallaydi. 1990 
yillarda u 1989 yili CHjdao TSziyan o'rniga Davlat kengashi premeri lavozimini 
egallagan TSzyan TSzeminni o'zining vorisi sifatida tayyorlay boshlaydi. Den 
Syaonin asta-sekin mamlakat boshqaruvining barcha dastaklarini unga topshira boradi 
va hayotining so'nggi yillarida tinchlik va osudalik, xotirjamlikda o'tkazdi. 


96 
Den Syaonin 1997 yili vafot etdi. U Xitoy tarxida hozirgacha muvaffaqitli davri etib 
kelayotgan davlatning yangi yo'li va islohotlari ramzi bo'lib qoldi. 
1970 yillar oxirida va ayniqsa 1982 yildan (L.I.Brejinov vafoti) keyin XXR va sobiq 
SSSR munosabatlarida ijobiy siljishlar sodir bo'ldi. Bir qator chegara masalalri, 
xususan sovet Xitoy chegarasini sharqiy uchastkasiga, doir muammolar hal qilindi. 
SSSR parchalanib ketgandan so'ng XXRning Rossiya bilan munosabatlari tez 
rivojlana boradi. 1992 yil oxirida Rossiya rahbari B.N. Yeltsin rasmiy vaizit bilan 
Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida 20 dan ortiq hujjatlar, 
shu jumladan O'zaro munosabatlarning asoslari haqida qo'shma deklalartsiya 
imzolandi. 
O'z navbatida XXR raisi TSzyan TSzemin 1990 yillarda bir necha marta rasmiy vizit 
bilan Moskvaga tashrif buyurdi. 
Xususan 1994 yilgi uning viziti chog'ida Rossiya-Xitoy chegaralarining g'arbiy 
uchastkalari haqidagi ahdnoma imzolandi. 
1970 yillarning oxiridan boshlab shuningdek Xitoy-Amerika munosabatlari ham 
rivojlanib bordi. 1978 yili ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 
Asta-sekin iqtisodiy va harbiy hamkorlik kengayib bordi. Ikki tomonlama 
munosabatlarga tayvan muammosi hamon salbiy ta'sir ko'rsatar, AQSH garchiTaybey 
rejimi bilan rasmiy siyosiy aloqalarni to'xtatsada u bilan keng qamrovli 
munosababtlarni qo'llabquvvatlashni davom ettirmoqda edi. 
1977 yil XXR bilan Yaponiya o'rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi, bu ikki 
tomonlama munosabatlarni yangi darajasiga ko'tarish imkonini berdi. Ilgari vaqtdan 
boshlab davom etib kelayotgan baxsli chegara muammolari va Tibet masalasi tufayli 
Xindiston bilan munosabatlar bir qator sovuqligicha qolayotgan edi. 
Biroq XXRning Vetnam bilan munosabatlari to 1990 yillar boshlariga qadar keskinlik 
saqlanib keldi. 


97 
SSSR tomonidan qo'llab quvvatlangan VSR rahbariyati 1977 yildan boshlab 
hokimiyatda Pol Potning so'l radikal rejimi qaror topgan Kombodja tufayli Xitoy 
bilan jiddiy to'qnashuvga bordi. XXR Vetnamni o'z xududidan etnik Xitoyliklarni 
(Xuatsyao) ta'qib qilishda aybladi, Kombodjaga Vetnam qo'shinlari kiritilishi va Pol 
Pot rejimi ag'darib tashlangandan so'ng o'zaro chegara xudadi qurolli to'qnashuvni 
keltirib chiqardi. Ikki mamlakat o'rtaisdagi munosabatlar 10 yildan ortiq vaqt 
davomida amalda juda ham past darajada qolib ketdi. Faqatgina sotsialistik lagerning 
barham topgandan keyin ikkala mamlakat siyosiy murosaga kelish yo'llarini izlay 
boshladilar. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin