98
2003 yilda chakana savdo miqdori o'tgan yilga nisbatan 9 foizga, sanoat ishlab
chiqarishi 19.7 foizga o'sgan XXRning sanoat mahsulotlarining eksporti bu vaqt
ichida 30.6 foizga ko'paygan. Bunda eksport miqdorining 85
foizini elektronika,
yengil, to'qimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari tashkil etgan. 2003 yilda
Xitoyda jon boshiga milliy daromad miqdori 1090 AQSH dollarini tashkil etgan.
O'zbekiston -Xitoy munosabatlari
O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni
tartibga soluvchi 100dan ortiq davlataro va boshqa kelishuvlar imzolangan. Ikki
davlat rahbariyati o'rtasida davomi uchrashuvlar va tashriflar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Xitoyga 1992, 1994, 1999 va 2001 yillarda
tashrif buyurdi. 2002 yilda Oliy Majlis raisining o'rinbosari Boris Bugrov, 2003 yilda
bosh vazir O'tkir Sultonov, 2004 yilda Tashqi ishlar vaziri Sodiq Safoyev, 2004 yilda
Bosh vazir o'rinbosari E.G'aniyevlar XXRga tashrif buyurgan bo'lsalar, Xitoy
tomonidan 1994 yilda davlat kengashi raisi Li Pen, 1995 yili rais o'rinbosari Xu
TSzintao, 1996 yilda rais ining o'rinbosari TSyan TSichen, 2001
yilda Davlat
Kengashi raisining o'rinbosari Li Lantsin, 2002 yilda Davlat kengashining a'zosi
I.Aymat, 2003 yilda Tashqi ishlar vaziri Li CHjaosin, 2003-2004 yillarda Ijtimoiy
xavfsizlik vazirining o'rinbosari YAn Xuannin, 2004 yilda XXR raisi Xu TSzintaolar
O'zbekistonda rasmiy tashrif bilan 10 ta muhim hujjat, jumladan, O'zbekiston va XXR
o'rtasida sheriklik munosabatlarini, do'stlik va hamkorlikni
yanada rivojlantirish,
mustahkamlash to'g'risida qo'shma deklaratsiya narkotik vositalar, psixotrop
moddalarning noqonuniy aylanishi hamda iste'mol qilinishiga qarshi kurashish haqida
bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirlarining tashriflari chog'ida quyidagi bitimlar
99
imzolandi: terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to'g'risida; ikki
tomonning tashqi siyosiy idoralari o'rtasida hamkorlik va maslahatlar to'g'risida.
2005 yilning 25-27 may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ikki
kunlik davlat tashrifi bilan Xitoy xalq Respublikasida bo'ldi. O'zbekiston
va Xitoy
rahbarlarining yakkama-yakka suhbatida o'zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va
istiqbollariga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga
molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida
o'zaro
savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy,
ijtimoiy
va
madaniy
aloqalarni
kengaytirishga oid masalalar muhokama qilindi. Tomonlarni neft-gaz, sayyohlik,
ta'lim,
yuqori texnologiyalar, transport kommunikatsiyalari, to'qimachilik, konchilik
sanoati sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdilar.
Iqtisodiy sohadagi hamkorlik. Davlatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy bitimga binoan,
o'zaro iqtisodiy munosabatlar kun sayin rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Davlat
statistika qo'mitasining axborotiga binoan, 2004 yilda ikki tomonning tovar aylanmasi
367,1 mln. AQSH dollari miqdorida bo'lib, uning 101,5 mln O'zbekistondan eksportni
va 265,6 mln O'zbekistonga importni tashkil etdi. O'zbekistonda
XXR sarmoyasi
ishtirokida 122 ta korxona mavjud bo'lib, ularning 102 tasi qo'shma korxona va 20
tasi 100% XXR sarmoyasi asosidagi korxonalardir.
Ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohadagi hamkorlik. Ikki mamlakat o'rtasida
madaniyat, ta'lim, fan va texnika sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib bormoqda.
Samarqand shahrida “SHarq taronali” xalqaro festivalida Xitoy vakillari, Pekin
xalqaro madaniyati va turizm festivalida esa O'zbekistonning folklor jamoalari
muntazam ishtirok etadi.
2001 yilda Toshkentda XXR madaniyat markazining ochilishi bo'lib o'tdi.
100
2004 yil iyun oyida XXR raisi Xu TSzintaoning tashrifi davomida xitoy tilini
o'rganish bo'yicha O'zbekistonda Kofutsiy nomidagi Institutni tashkil etishga kelishib
olindi. Xitoy tomoni institutni barcha zaruriy o'quv adabiyotlari, lingofon jihozlari va
o'qituvchilar bilan ta'minlash majburiyatini oldi.
2005 yil 18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oqsaroyda
XXR Davlat Kengashi rahbarining o'rinbosari qabul qilindi.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Xitoy hamkorligini
yanada mustahkamlashga oid
fikr almashildi.
Dostları ilə paylaş: