II-BOB. Shahar iqtisodiyoti
Shahar iqtisodiyoti va davlat sektori iqtisodiyoti
Shahar iqtisodiyoti - shaharlarni iqtisodiy o‘rganish, shahar muammolarini o‘rganish. Shahar iqtisodiyoti mikroiqtisodiyotning shaharning umumiy tuzilishi va uning uy xoʻjaliklari va firmalarda taqsimlanishini oʻrganuvchi boʻlimidir. Shahar iqtisodiyoti resurslarni shahar ichida taqsimlashni o‘rganadi, kompaniyaning joylashuvi to‘g’risida qaror qabul qilishga va shaharlarning o‘ziga iqtisodiy faoliyat markazi sifatida qaratiladi. Shahar iqtisodiyoti iqtisodiy sabablarni tushunish uchun jismoniy shaxslar va korxonalar o‘rtasidagi umumiy munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan. Shahar iqtisodiyoti 1826 yildagi Tyunen modelida, keyin 1933 yilda Valter Kristallerning markaziy joylar nazariyasida, 1940 yilda Avgust Lyosh ishida rivojlana boshladi. Birinchi monosentrik shahar modeli 1964 yilda Alonso tomonidan kiritilgan.
Alonsoning monotsentrik modeli vaqt o‘tishi bilan modernizatsiya qilinadi: monosentrik shahar markazi vaqt o‘tishi bilan texnologiyaning o‘zgarishi, xususan, tez va arzon transport (bu yo‘lovchilarga markazda o‘z ishlaridan uzoqda yashash imkonini beradi) va ulanishlar tufayli zaiflashadi. Polisentrik kengayish er uchun o‘rtacha renta miqdorining pasayishi va aglomeratsiya ta‘sirining kuchayishi natijasida foydalilikning oshishi bilan bog’liq.
Shahar iqtisodiyotini oltita o‘zaro bog’liq tadqiqot blokiga bo‘lish mumkin:
shaharsozlikda bozor munosabatlari;
shahar ichidagi yerdan foydalanish;
shahar transporti;
shahar muammolari va davlat siyosati;
uy-joy qurilishi va davlat siyosati;
mahalliy hokimiyat xarajatlari va soliqlar.
2.2. Mahalliy jamoat tovarlari va unga tegishli tushunchalar
Karl Marksning sarmoyador va davlat vakili qanchalik farq qilishi tug’risida mashhur fikri bor. Sarmoyador daromad haqida, davlat vakillari esa milliy daromad haqida o‘ylaydi. Shunday qilib, sarmoyador uchun ish haqi xarajat hisoblanib, uni minimallashtirishga harakat qiladi. Davlat vakillari uchun bu milliy daromadning asosiy qismidir. Shuning uchun uning vazifasi butun mamlakatda ish haqi fondni ko‘paytirishdir. Shundan kelib chiqib shahar iqtisodiyotida samaradorlik muammosi yoki foyda muammosi umumiy masaladir. Har qanday yirik kompaniya katta tovar aylanmasiga va daromadiga ega ekanligi bilan faxrlanishi odatiy hol. Chunki, shahar hokimiyatining asosiy vazifasi katta hajmdagi xizmatlarni va ularning yuqori sifatini ta’minlashdir. Shahar iqtisodiyotida ma’lum bir rentabellik emas, balki katta byudjet profitsiti muhimdir. Shahar iqtisodiyotida jamoat tovarlari deb ataladigan umumiy foydalaniladigan qiymatliklar muhimdir. Shahar hokimiyatining asosiy vazifasi jamoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishdir. Bu alohida toifadir va u bilan bog’liq iqtisodiyot maxsus prinsiplarga asoslanadi.
Jamoat tovarlari har bir kishi biror bir tarzda bir biriga xalaqit qilmasdan foydalaniladigan, xususiy iste’mol tovarlaridan farqli ularoq undan foydalanilganda davlatning ahamiyati qanchalik muhim ekanligini anglatadigan tovarlardir.
Shahar nazariyasi bo‘yicha taniqli olim L.I.Yakobsonnning so‘zlariga ko‘ra jamoat tovarlaridan foydalanish muhim, ammo undan ayrim kishilargina foydalansa uning ahamiyati yo‘qoladi.
Shahar iqtisodiyoti – bu shahar hududiga kiruvchi barcha korxonalar to‘plamidan iborat emas. Ular ichida kommunal xizmatlar va jamoat tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda bozor qonuniyati asosida faolyat ko‘rsatuvchi korxonalar ham mavjud. Shahar iqtisodiyoti qandaydir tarzda jamoat tovarlari ishlab chiqarish bilan bog’liq.
Jamoat tovarlarini ishlab chiqarish va undan foydani kuzlamaslik davlatga xosdir. Shuningdek, u jamoat tovarini ishlab chiqaradi va aslida uning maqsadi shunga qaratilgan. Shunday bo‘lsada davlat boshqaruvi va shahar ma’muriyati harakatlaring yo‘nalishi bir xil deb bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyati shahar darajasida paydo bo‘lib, unda fuqaro o‘z ehtiyojlarini bevosita his qiladi va voqealar jarayoniga ta’sir o‘tkaza oladi. Masalan, sizda issiq suv bo‘lmasa, prezidentga murojaat qilishning hojati yo‘q. Biroq, bizning mamlakatimizda bu oddiy haqiqat hali ham fuqarolarga katta qiyinchilik bilan berilmoqda va bu mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish rivojlanishining asosiy to‘sig’i bo‘lib chiqadi. Bu shahar ma‘muriyati tufayli emas, balki fuqarolarning passivligi tufayli juda qiyin rivojlanmoqda. Agar yosh yigit kommunal xizmatga borishga tayyorlanayotgan bo‘lsa, u boshidanoq "Maxsus iqtisodiyot"ni o‘zlashtirishi va maxsus "Munitsipal mafkura" bilan singdirilishi kerak. Shuni ta‘kidlash kerakki, munitsipal boshqaruv sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash umumiy iqtisodiy ta’limda to‘liq amalga oshirilishi lozim.
Bugungi kunda O‘zbekistonda shahar hokimiyat organlari, ayniqsa ularning rahbariyati mahalliy boshqaruvning mohiyati va xususiyatlarini o‘zida to’la shakllantirmagan. Shuning uchun zamonga tez moslasha oladigan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojimiz katta. Yaqin kelajakda ushbu mehnat bozorida juda katta raqobat vujudga kelib, ular bilan ishlash oson bo‘ladi. Yangi mutaxassislar zamonaviy ta’limni, birinchi navbatda, maxsus kommunal iqtisodiyot sohasida, xukumat tuzulmasi tug’risida bilim va tajribani urganishlari zarur.
Shahar bugungi kunda qishloqdan farqli o‘laroq, jamoat tovarlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Qishloqda hamma, odatda o‘ziga o‘tin tayyorlaydi, pechkani isitadi va hokazo. Shahar posyolkasida jamoat tovarlari ishlab chiqaradigan kommunal xizmatlar, ya’ni aholini suv va issiqlik bilan markazlashgan holda ta’minlash, yo‘llar qurish va ta‘mirlash va boshqalar mavjud.
Bu aholining mentalitetiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Buning sababi ular ko‘plab muammolarini birgalikda hal qilishlari lozim. Shahar tomonidan ishlab chiqarilgan jamoat tovarlarining ko‘rinishi shahar aholisini qishloq aholisidan farqlaydi.
Mahalliy hokimliklar darajasida hayot uchun muhim va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari hamda kundalik zarur tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rta muddatli hududiy dasturlarni shakllantirish va tasdiqlash lozim. Mazkur dasturlarni hududlarda ish o‘rinlari tashkil etishga doir davlat buyurtmalari hamda o‘rta maxsus, oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga muvofiqlashtirish zarur. Shuningdek, hududiy rivojlantirish dasturlarida mahalliy sanoatning o‘sishi bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishning samaradorligini oshirish, bu borada yer va suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda qishloq xo‘jaligida natijadorlikni oshirish imkonini beradigan xo‘jalik yuritish shakllarini joriy qilish, shu asosda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning barqaror va samarali tizimini yaratish, qishloq infratuzilmasi, qishloq xo’jaligi tadqiqotlari va texnologiyalarini rivojlantirishga sarmoya kiritilishini ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlabchiqaruvchilari hamda qayta ishlash korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish kerak. Ushbu vazifalar hal qilinishi orqali ichki bozorni arzon oziq-ovqat mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar bilan to‘ldirish, narxlarning keskin o‘sib ketishini oldini olish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni qayta ishlash korxonalarida barqaror va yuqori haq to‘lanadigan yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash samaradorligini oshirishga erishiladi1.
Iqtisodiyotni liberallashtirish va erkin bozor munosabatlari jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish maqsadlariga erishish kafolatini bermaydi, deb hisoblaydi. Shu bois davlat va jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishni nazorat qilish hamda tartibga solish bo‘yicha demokratik tizimni shakllantirish lozim. Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga preferensiyalarda hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanishi lozim:
davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g’risidagi nizom;
davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxati;
davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi to‘g’risidagi nizom.
shuningdek nizomda davlat buyurtmachisiga tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xorijdan import qilishga ruxsat berish tartibi belgilash.
Ro‘yxat mahalliy ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar) tomonidan kelib tushgan murojaatlar hamda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kiritgan takliflari asosida iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi tomonidan shakllantiriladi. Ro‘yxatga kiritish uchun ikki yoki undan ortiq ishlab chiqaruvchining (ishlarni bajaruvchining, xizmat ko‘rsatuvchining) mavjudligi asos bo‘ladi.
Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ro‘yxatga kiritish uchun murojaat portal orqali ishchi organga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etiladi.
O‘z navbatida, davlat buyurtmachisi ro‘yxatda keltirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilish uchun ishchi organga ariza bilan murojaat qiladi. Belgilanishicha, ro‘yxatda keltirilgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) parametrlari davlat buyurtmachisi arizasida import qilinishi taklif etilayotgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) parametrlariga mos kelmasligi yoki farq qiluvchi xususiyatga ega bo‘lishi lozim.
Ariza portal orqali ishchi organga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda har bir hujjat uchun alohida taqdim qilinadi. Ro‘yxatda keltirilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilishga ruxsat berish to‘g’risidagi taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Nizom Ro‘yxatga kiritilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) tatbiq etilmaydi. Tenderda (tanlovda) ikki va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar xorijiy yetkazib beruvchilar qatorida ishtirok etgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan narx preferensiyalari qo‘llaniladi. Har bir lot bo‘yicha 15% miqdorida narx preferensiyalari qo‘llaniladi hamda ular respublika hududida mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan (ishlarni bajaradigan, xizmatlar ko‘rsatadigan) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi2.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchilari va davlat buyurtmachilari tomonidan ariza va murojaatlarni Vazirlik huzuridagi elektron kooperatsiya portalida onlayn qabul qilish va natijalarini qayta yuborish aloqa mexanizmini nazarda tutuvchi elektron tizimni joriy etish;
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni batafsil o‘rganish asosida Ro‘yxatga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Dostları ilə paylaş: |