iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini tahlil qilish va ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambag’allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
kambag’allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambag’allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari me ‘yoriy asoslarini ishlab chiqish;
milliy barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste ‘mol savatchasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
O‘zbekiston kambag’allikni qisaqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida o‘zaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklari”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
- hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni o‘z muddatida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini ko‘rish;
- hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish, ularni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- ilg’or xorijiy tajribani o‘rgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;