Ii-bob. Shahar iqtisodiyoti va davlat sektori iqtisodiyoti


Davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida



Yüklə 145,67 Kb.
səhifə9/12
tarix25.12.2023
ölçüsü145,67 Kb.
#194203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
II-BOB. Shahar iqtisodiyoti

6. Davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida:

    • iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish maqsadlaridan kelib chiqib, hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri nuqtai nazaridan samaradorligi past bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish bo‘yicha takliflarni kiritish orqali yaxlit davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish;

    • davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, xususan ular tomonidan ishlab chiqariladigan xizmat va mahsulotlarning erkin va raqobatbardosh bozorini shakllantirish bilan bog’liq tarkibiy islohotlar bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash;

    • davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korxonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qo‘llanilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

  1. Davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida:

  • barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish sohalari va tarmoqlarini aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat investitsiya dasturini shakllantirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligiga yo‘nalish va loyihalar bo‘yicha tegishli ichki hamda tashqi manbalarni shakllantirish uchun buyurtmalarni berish;

  • davlat investitsiya dasturlarini makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda bu borada shakllantirilgan xulosalardan kelib chiqib, investitsiya yo‘nalishlarini belgilash;

  • davlat investitsiya siyosatining umumiy investitsiyaviy faollikka, shu jumladan xususiy va xorijiy to‘g’ridan to‘g’ri investitsiyalar oqimiga ta’sirini tahlil qilish, prognozlash hamda bu borada tegishli takliflarni shakllantirish.




Yüklə 145,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin