Biznes muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglar masalalari bo‘yicha:
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali biznes faoliyati sohasidagi asossiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni olib tashlash, joriy tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga ta’sirini baholash;
“O‘zstandart” agentligi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subektlari tomonidan o‘z biznes faoliyatlarini erkin amalga oshirishlarida to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan texnik reglament va talablarni o‘rnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
biznes ekotizimi, jumladan startap, biznes-inkubator, biznes-akseleratorlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida venchur fondlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
xalqaro iqtisodiy reytinglar bilan ishlashda ilg’or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reytinglarni har bir tarkibiy indikatori kesimida mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlarni tuzish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
10.Jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida:
mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan o‘rta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatni ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
iqtisodiy sohada turli integratsiya birlashmalari (MDH, EOII va boshqalar) bilan, respublika hududlari xorijiy davlatlar hududlari bilan, shu jumladan chegaraoldi hamkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga ta’sirini keng qamrovli tahlil qilish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
vakolatlar doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, belgilangan tartibda va xalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik bitimlarini tuzish.
Vazirlik o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning ustuvorligi va bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqadi, shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha xalqaro ekspert-maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.