8 Infratuzilmani rivojlantirish va urbanizatsiya siyosatini yuritishda:
- shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig’imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya ko‘lamlarini belgilash - mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yo‘ldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan hududlar kesimida takliflar tayyorlash;
yangi barpo etiladigan yo‘ldosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini aniqlash va muvofiqlashtirish;
ilg’or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yo‘ldosh shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, o‘rta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish;
uy-joy qurilish bozorini ipoteka kreditlari orqali rivojlantirish hamda mavjud uy-joylar fondini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chqish, ilgor xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda renovatsiya tizimini takomillashtirish va dasturlar ishlab chiqish8;